Pazilbekova Zamira Tanirbergenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anjabor (Geranium collinum Steph.) o‘simligi asosida dori shakllarining texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01–Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.RhD/Far2.
Ilmiy rahbar: Maxmudjanova Komila Sultanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Mirakilova Dilfuza Botiralievna, farmatsevtika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: anjabor o‘simligi ildizi va ildizpoyalaridan yallig‘lanish, gipoksiyani davolovchi antioksidant ta’sirga ega bo‘lgan quruq ekstrakt hamda tabletka dori shaklini mo‘’tadil tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy dorivor o‘simlik - anjabor o‘simligi - ildizi va ildizpoyasidan biologik faol moddalar majmuasini saqlovchi yallig‘lanishni va gipoksiyani davolovchi antioksidant ta’sirga ega bo‘lgan quruq ekstrakt olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
anjabor quruq ekstrakti asosida «Geratan» deb shartli nomlangan tabletkaning tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
anjabor quruq ekstrakti va «Geratan» tabletkalarining sifatini baholash usullari ishlab chiqilgan, tarkibidagi oshlovchi moddalar miqdori aniqlangan;
anjabor quruq ekstrakti va «Geratan» tabletkasining saqlanish sharoiti va yaroqlilik muddati belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Anjabor (Geranium collinum Steph.) o‘simligidan quruq ekstrakt va tabletka dori shakllarining texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
anjabor quruq ekstrakti uchun VFM loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2019 yil 1 fevraldagi 29/01-48-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu loyihani amalga oshirilishida mahalliy dorivor o‘simliklardan olingan tayyor dori shakllari asosida yallig‘lanish va gipoksiyani samarali va nojo‘ya ta’sirga ega bo‘lmagan davolash imkoniyati yaratiladi;
anjabor quruq ekstraktiga ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha tajriba-sanoat reglamenti (OPR 20841920- 01-18) «SO\'QOQ-GILOSI» FX mahalliy farmatsevtik korxonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan («SO\'QOQ-GILOSI” FXning 2018 yil 29-yanvardagi 10/1-son ma’lumotnomasi; «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2019 yil 1 fevraldagi 29/01-48-son xati). Mazkur xujjatning tasdiqlanishi natijasida yallig‘lanishga va gipoksiya qarshi qo‘llaniladigan dori vositalar uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.