Kurbanova Raxima Jamshedovnaning

falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Servis korxonalarini modernizatsiyalash va ularda xizmat ko‘rsatish  samaradorligini oshirish (Samarqand viloyati umumiy ovqatlanish korxonalari misolida)”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt99. 

Ilmiy rahbar: Abdukarimov Barat Ali Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.

Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: servis korxonalarini modernizatsiyalash va ularda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

“xizmat”, “xizmat ko‘rsatish” va “servis” tushunchalarining ta’rifi  iqtisodiy manfaat keltirish yo‘lidagi harakatning samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;

umumiy ovqatlanish korxonalarining funksional ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda ularning texni–iqtisodiy darajasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;

umumiy ovqatlanish korxonalarining innovatsion faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar va texnik–iqtisodiy darajasidan kelib chiqqan holda yangi jihozlarni tanlash, almashtirish orqali samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

umumiy ovqatlanish korxonalarida ishchi-xodimlar mehnatini baholash va uzluksiz nazoratini olib borish uchun takomillashtirilgan sifat ko‘rsatkichlari tizimi, mahsulotlar  (taomlar) va xizmat ko‘rsatish sifatining nazoratini olib borish uchun “brakeraj” usuli tavsiya etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Servis korxonalarini modernizatsiyalash va ularda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliyotda qo‘llanilishi asosida:

“xizmat”, “xizmat ko‘rsatish” va “servis” tushunchalarining ta’rifi  iqtisodiy manfaat keltirish yo‘lidagi harakatning samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan  ta’riflari oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Xizmat ko‘rsatish korxonalarining elektron texnikasi” o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-son buyrug‘i, 531-324 raqamli guvohnomasi). Natijada “xizmat”, “xizmat ko‘rsatish” va “servis” tushunchalarini ijtimoiy–iqtisodiy mazmunini tizimli va kengroq tushunish orqali xizmatlar sohasiga oid fanlarni takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha talabalarda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishga erishilgan;

umumiy ovqatlanish korxonalarining funksional ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda ularning texnik–iqtisodiy darajasini aniqlash usuli O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston  oshpazlar  uyushmasining 2018 yil 19 sentyabrdagi 90-son ma’lumotnomasi). Ushbu usulning amalga oshirilishi umumiy ovqatlanish korxonalarining texnik–iqtisodiy darajasini aniqlash imkoniyatini yaratgan; 

umumiy ovqatlanish korxonalarining innovatsion faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar va texnik–iqtisodiy darajasidan kelib chiqqan holda yangi jihozlarni tanlash, almashtirish orqali samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston oshpazlar uyushmasining 2018 yil 19 sentyabrdagi 90-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi umumiy ovqatlanish korxonalarining texnik-iqtisodiy darajasi va samaradorligining o‘zaro bog‘liqligini asoslash imkoniyatini yaratgan; 

umumiy ovqatlanish korxonalarida ishchi-xodimlar mehnatini baholash va uzluksiz nazoratini olib borish uchun takomillashtirilgan sifat ko‘rsatkichlari tizimi, mahsulotlar  (taomlar) va xizmat ko‘rsatish sifatining nazoratini olib borish uchun “brakeraj” usuli bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan  (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari  vazirligining 2018 yil  17 sentyabrdagi  

02-4859-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi umumiy ovqatlanish korxonalarida mehnat sifatini baholash va rag‘batlantirishga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish