Xudoyqulov A’zamjon Mirzaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kartoshkaning tuproq osti zararkunandalari va ularning miqdorini boshqarish», 06.01.09– O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx216.
Ilmiy rahbar: Anorbaev Azimjon Raimqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Amanov Shuhrat Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Tufliev Nodir Xushvaqtovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand va Toshkent viloyatlari sharoitida kartoshka tuproq osti zararkunandalarining tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari, tarqalishi, zararlilik darajasi va ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand va Toshkent viloyatlari sharoitida kartoshka agrobiotsenozida 4 turkum, 5 oila 16 turga oid tuproq osti zararkunandalari aniqlangan;
kartoshka agrobiotsenozida tuproq osti zararkunandalar asosiy turlari bioekologik xususiyatlari, populyasiyasining shakllanishi, iqtisodiy zararli miqdor mezoni ishlab chiqilgan;
kartoshka agrobiotsenozida tabiiy entomofaglarining tur tarkibi va samarali turlarining zararkunandaga nisbatan biologik samaradorligi aniqlangan;
kartoshkaning tuproq osti zararkunandalari miqdorini boshqarishda agrotexnik va yangi turdagi kimyoviy hamda urug‘dorilagich vositalarni qo‘llashning muddat va me’yorlari ishlab chiqilgan;
kartoshka ekini tuproq osti zararkunandalariga qarshi biologik, kimyoviy vositalarning xo‘jalik-iqtisodiy samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kartoshkaning tuproq osti zararkunandalari va ularning miqdorini boshqarish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kartoshkaning urug‘larini ekishdan oldin Selest top 31,2% sus.k, Kruizer Ekstra 36,2% sus. preparatlari bilan ishlov berib ekish texnologiyasi Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklarida 79,3 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 02/029-2-son ma’lumotnomasi). Natijada kartoshkaning zararkunandalar bilan zararlanishi 91,4–90,5% ga kamaygan va gektaridan qo‘shimcha 6–7 tonna kartoshka hosilini saqlab qolishga erishilgan;
kartoshkani o‘suv davrida tuproq osti zararkunandalaridan kuzgi va undov tunlamlari miqdorini boshqarishda biologik kurash usuli sifatida trixogramma (Trichogramma chilonis Ishii) parazitini 1:10 nisbatda, etuk yoshdagi qurtlariga qarshi brakon (Bracon hebetor Say) entomofagini qo‘llash texnologiyasi “Maqsudjon Porloq Zamini” fermer xo‘jaligida 55,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 02/029-2-son ma’lumotnomasi). Natijada tunlamlar miqdori 67,4% ga kamaygan va gektaridan qo‘shimcha 3–4 tonna ekologik sof kartoshka hosili olish imkoni yaratilgan;
kartoshkaning tuproq osti zararkunandalari iqtisodiy zararli miqdor mezonidan ortganda samarali kimyoviy vositalardan Endjeo 24,7% sus.k. (0,2 l/ga) va Desis 2,5% em.k. (0,25 l/ga) preparatlari Samarqand viloyati Urgut tumani fermer xo‘jaliklarida 69,4 gektar g‘alladan keyingi ekilgan kartoshka maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 02/029-2-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq osti zararkunandalariga nisbatan 85,7% biologik samaradorlikka erishilgan;
takroriy muddatda ekilgan kartoshkaning tuproq osti zararkunandalari miqdorini uyg‘unlashgan kurash asosida boshqarish texnologiyasi Samarqand viloyati Urgut, Toyloq, Jomboy va Bulung‘ur tumanlari hamda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani fermer xo‘jaliklarining jami 131 gektar takroriy muddatda ekilgan kartoshka maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 02/029-2-son ma’lumotnomasi). Natijada kartoshka hosildorligi 25–30 foizga ortgan va gektaridan 9,8–14,4 mln. so‘mgacha qo‘shimcha daromad olishga erishilgan.