Atabaeva Ma’muraxon Sadirdin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni takomillashtirish», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx327.
Ilmiy rahbar: Xasanova Feruza Marufovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Salomov Shavkat Turapovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; To‘xtaqo‘ziev Abdusalom, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida tuproqqa yangi kombinatsion agregat yordamida ishlov berib, bir yo‘la hosil qilingan pushta ostiga o‘g‘it qo‘llash texnologiyasining tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda g‘o‘zaning Andijon-36 navini turli usullarda ekib, undan yuqori va ertagi hosil etishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida tuproqqa asosiy ishlov berishda resurstejamkor kombinatsion agregat bilan ishlov berish agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;
kombinatsion agregat yordamida ishlov berib, bir yo‘la hosil qilingan pushta ostiga azotni suyuq ammiak shaklida qo‘llashning tuproq agrofizik va agrokimyoviy xossalari o‘zgarishiga ta’siri aniqlangan;
kombinatsion agregat yordamida ishlov berilgandan so‘ng chigitni yakka qator va qo‘shqator usulida pushtaga ekish hamda azotni suyuq ammiak shaklida qo‘llash me’yorlari ishlab chiqilgan;
resurstejamkor kombinatsion agregat yordamida ishlov berib, pushtaga turli ekish usullari va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlariga bog‘liq holda g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga va hosildorligiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida tuproq unumdorligini oshirish, g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda tuproqqa ishlov berishning resurstejamkor agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “G‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil etishtirishda resurstejamkor texnologiyaning samaradorligi” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 02/020-1506-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Andijon viloyatining qishloq xo‘jaligi boshqarmalari hamda fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
tuproqqa ishlov berishning resurstejamkor agrotexnologiyasi Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida 148,9 gektar va Paxtaobod tumanida 173,9 gektar paxta maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 02/020-1506-son ma’lumotnomasi). Natijada kombinatsion agregat yordamida ishlov berib, bir yo‘la kuzda pushta olinib, pushta ostiga azotli o‘g‘itni yillik me’yorini (200 kg/ga) 50 foizini suyuq ammiak shaklida qo‘llab, azotni qolgan 50 foiz miqdorini g‘o‘zaning Andijon-36 navini o‘suv davrida fosfor va kaliy bilan tabaqalashtirilgan holda oziqlantirilganda gektaridan 4,3–4,5 sentner qo‘shimcha paxta hosil olishga erishilgan;
kombinatsion agregat yordamida ishlov berib, bir yo‘la pushta olib, g‘o‘za parvarishlashning resurstejamkor agrotexnologiyasi Andijon viloyati Asaka tumanida 6,0 gektar paxta maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 02/020-1506-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fermer xo‘jaliklarida mo‘l paxta hosili etishtirilib, rentabellik darajasi 17,3 foizdan 21,5 foizga oshganligi aniqlangan.