Karimova Nigora G‘anievnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston badiiy kinematografining shakllanishi va taraqqiyoti», 17.00.03–Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/San2.

Ilmiy maslahatchi: Teshaboev Jo‘ra Teshaboevich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSs.27.06.2017.San.51.01.

Rasmiy opponentlar: To‘laxo‘jaeva Muhabbat Turabovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Hamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Zunnunova Gulchehra Shavkatovna, tarix fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Milliy rassomlik va dizayn instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida badiiy kino san’atini qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish yuzasidan milliy kino me’rosni tiklash va keng targ‘ib etish, badiiy fil`mlarda mustaqillik g‘oyalarining muqobilini aks ettirish singari taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda yoshlarni tarbiyalashda kinematograf ijtimoiy funksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Markaziy Osiyoda ilk kino namoyishlari va suratga olish ishlari,  ilk kinofabrika va milliy kino maktabi O‘zbekiston hududida tashkil etilib, mintaqada badiiy kino san’atining shakllanishiga turtki bergani dalillangan;

kino san’atining sovet davri siyosiy-mafkuraviy chegara va tazyiqlariga qaramay, milliy o‘zlikni izlash, ilg‘or jahon kinosi tajribalarini tatbiq etish  imkonini saqlab qolgani  dalillangan;

kinodramaturgiya, tasviriy echim, professional kinorejissuraning  milliy kino ishlab chiqarishga oid “mualliflik fil`mi”, “meynstrim”, “art-meynstrim”, “artxaus”, “ommaviy kino” singari tipologik modellari aniqlangan;

turli davrlarda o‘zbek badiiy kinematografida qahramon obrazi “omma qahramoni”,“kurashuvchan qahramon”,“davr qahramoni”,“oddiy inson” singari tipologik modellarida namoyon bo‘lgani  aniqlangan;

ma’lum tarixiy bosqichlarda  melodrama, komediya, musiqali komediya,  fol`klor-etnografik janrlarga ehtiyojning ortib borishi hamda  tarixiy-biografik, kinosarguzasht, kinorivoyat, ishlab chiqarish janrlari inqirozi sabablari dalillangan;

so‘nggi yillarda mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyotida  davr talabiga javob bera oladigan g‘oyaviy-badiiy etuk kinoasarlar yaratish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, kinoindustriyani izchil rivojlantirish va uning mukammal moddiy-texnik bazasini yaratishga oid strategik islohotlarning jamiyatni demokratik modernizatsiyalash  va madaniy yuksaltirishdagi ahamiyati ochib berilgan.

IV.Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi.

O‘zbekiston badiiy kinematografining shakllanishi va taraqqiyoti mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

milliy kinematografning tadrijiy rivojiga oid ilmiy xulosalardan F1-FA-0-10304 (FA-F1-G032) raqamli “Markaziy Osiyo san’atida tarixiy davomiylik: badiiy maktablar, uslublar va texnologiyalar (qadimgi davrlardan bugungi kungacha)” fundamental loyihasining “Tomosha san’atlari” qismini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2019 yil 11 martdagi 311255-1239-son ma’lumotnomasi). Natijada  XIX–XX asr boshlariga oid O‘zbekiston badiiy kinematografining o‘ziga xos xususiyatlari va jihatlarini keng ko‘lamda yoritish va ma’lumotlar bazasini shakllantirishga  imkon bergan;

milliy kinematografning o‘ziga xos badiiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida kino san’atiga oid o‘tkazilgan badiiy ko‘rgazmalar ilmiy konsepsiyasini tayyorlashda hamda VIII Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi media-loyihalaridan birini samarali tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2019 yil 14 martdagi 03-09/56-432-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar milliy kino san’ati an’analarini rivojlantirishga va keng targ‘ib etishga xizmat qilgan;

Markaziy Osiyoda ilk kino asarlar yaratuvchi markaz sifatida tashkil topib, o‘zida ham an’anaviy madaniy me’ros qatlamini, ham jahon kinematografining ilg‘or  tendensiyalarini mujassam etgan milliy kinoindustriyaning mamlakat ijtimoiy-madaniy hayotidagi o‘rni, kino san’atida milliy va madaniy rang-baranglikning aks etishiga oid xulosa va tavsiyalardan YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan olib borilgan “O‘zbekiston kinoindustriyasining hozirgi holatiga oid tahlil (2007–2017)” mavzusidagi analitik tadqiqotida foydalanilgan (YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasining 2019 yil 4 fevraldagi SM-FU-TAS-2019-001410-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston kino san’atiga oid xalqari tadqiqotlarning  samaradorligini oshirgan, xorijiy ekspertlarga mamlakatimizda sohaga oid olib borilayotgan jadal islohatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishda va kino san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishda muhim o‘rin tutgan;

o‘zbek “ovozsiz kinosi”ning shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan  milliy kinoijodkorlarning ilk avlodi tavsifi, milliy kino maktabining xususiyatlari tahliliga oid ilmiy xulosalardan Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida “Kinolektoriy” ma’rifiy media-loyihasining ilmiy konsepsiyasini tuzishda foydalanilgan (Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasining 2019 yil 13 martdagi SCE-36/19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yosh tomoshabinlarning ma’naviy olami va estetik didi shakllanishiga xizmat qilib, qator xalqaro festivallar doirasida O‘zbekiston milliy kinematografini targ‘ib etishga imkon bergan;

o‘zbek mualliflik fil`mlarida aks etishi,  “ommaviy” va “elitar” kino asarlarning ijtimoiy-estetik funksiyalari, ekran asarlarida estetik hamda badiiy idealni shakllantirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Kinoteatr” telekanalining  “Kinotaxlil” va “Kinohouse”  ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda hamda milliy kino san’atimizning tarixi va hozirgi holatiga oid muammolarni  yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 1 fevraldagi 08-14-43-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy kino san’atimizning tarixi va hozirgi holatiga oid fikrlarni tomoshabinlarga to‘la qonli tarzda etkazib berish imkoniyati berlgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish