Eshchanova Nargiza Ruzimbaevnaning

Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv sharoitida milliy ma’naviyatga tahdidlar va ularni bartaraf etish omillari», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal42.

Ilmiy rahbar: Otamurotov Sa’dulla Otamurotovich, falsafa fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar: Norqulov Do‘stmurot Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor; Berdiqulov Sirojjon Nasipkulovich, falsafa fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pidiateriya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: globallashuv sharoitida milliy ma’naviyatga nisbatan yuzaga kelgan tahdidlar, ularning namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlash, ularning oldini olish imkoniyatlarini ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

globallashuv sharoitida “ommaviy madaniyat” va tahdidlarning sinergetik aloqadorligi (chiziqsiz rivojlanish, aniq shaklga ega emasligi, oldindan bashorat qilish imkoniyatining cheklanganligi) ochib berilgan;

milliy ma’naviyatning tahdidlar ob’ektiga aylanishi millat vakillarining ongi va qalbini egallash, intellektual rivojiga imkon qoldirmaslik va shu omillar orqali mavjud resurslarni qo‘lga kiritish kabilar  aniqlangan;

milliy ma’naviyatga nisbatan yuzaga kelgan tahdidlarning (bevosita va bilvosita turlari ajratilib) namoyon bo‘lish jarayoni so‘rovnoma natijasi asosida takliflar ishlab chiqilgan;

milliy ma’naviyatga nisbatan yuzaga kelgan tahdidlar global xarakterda ekanligini hisobga olib, ularni bartaraf etish omillari (milliy o‘zlikni rivojlantirish, milliy g‘oyani millat vakillari ongiga singdirish va milliy tarbiyani tahdidlar)ni kuchayishiga qarshi turadigan amaliy faoliyati ilmiy asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Globallashuv sharoitida milliy ma’naviyatga qarshi kuchayayotgan tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:

globallashuv, “ommaviy madaniyat” va tahdidlarning sinergetik aloqadorligiga doir xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining O‘zbekiston Respublikasi 2018 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligni oshirish va sohani rivojlantirishni va yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 40–42-bandlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 1 martdagi 02/010-242-19-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalar millatimiz va xalqimizning o‘zligini asrab qolishda faollik ko‘rsatish tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilgan;

milliy ma’naviyatning tahdidlar ob’ektiga aylanishi xavfi va sabablari, milliy tilning zaiflashuvi, milliy intellektualning taraqqiyot ehtiyojlaridan orqada qolishi, korrupsiya va jinoyatchilik xuruji, milliy nigilizmning yuzaga kelishi, milliy ma’naviyatga nisbatan yuzaga kelgan tahdidlar global xarakterda ekanligi, ularni ayrim olingan bitta millat ma’naviyatiga emas, balki barcha milliy ma’naviyatlar uchun xatarli ekanligiga oid xulosalardan 2015–2017 yillarda bajarilgan A-1-163 raqamli Demokratik islohotlarda “o‘zbek modeli”ning konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishining nazariy-metodologik asoslari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-281-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga xizmat qilgan;

milliy ma’naviyatga nisbatan yuzaga kelgan tahdidlar global xarakterda ekanligini hisobga olib, ularni bartaraf etish omillari tizimlashtirilgan va shakllarga ajratilganiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan ilmiy-nazariy anjumanlar, harbiy xizmatchilar uchun axborot saotlari hamda  A-087+(A1-124)-sonli shartnoma asosidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarda mudofaaviy ongni shakllantirishning ilmiy-uslubiy asoslari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2019 yil 14 maydagi  14/3/420-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi harbiy xizmatchilarda Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini, yuksak axloqiy fazilatlarni hamda harbiy vatanparvarlikni shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish