Saparov  Berdiyar Baltabaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy g‘oya tizimida milliy o‘zlikni anglashning tuzilmaviy-funksional tahlili», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal147.

Ilmiy rahbar: Xo‘jamurodov Ibrohim Ro‘zievich, falsafa fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar: Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Nasriddin Ataqulovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: milliy g‘oya tizimida milliy o‘zlikni anglashni tizimli-funksional tahlili mohiyatini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«milliy g‘oya», «milliy o‘zlikni anglash», «tarkibiy-funksional tahlil» tushunchalari ijtimoiy-falsafiy jihatdan tavsiflanib, ularga yangi ta’riflar berilgan;

«milliy g‘oya» tizimida o‘zlikni anglash tuzilmalari milliy ong va tafakkur, ona tili va milliy g‘oyaning tarkibiy bog‘liqligi asoslangan;

milliy meros va qadriyatlar, umuminsoniy demokratik prinsiplar milliy o‘zlikni anglashning namoyon etuvchi muhim tuzilmasi ekanligi ochib berilgan;

milliy g‘oya tizimida inson – milliy o‘zlikni anglashning muhim tuzilmasi sifatida fuqarolik darajasida o‘zligini anglashi millatlararo totuvlikni, hamjihatlikni va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning muhim sharti ekanligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Milliy g‘oya tizimida milliy o‘zlikni anglashning tizimli-funksional tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

«milliy g‘oya», «milliy o‘zlikni anglash», «tarkibiy – funksional tahlil» tushunchalari ijtimoiy-falsafiy jihatdan tavsiflanib, ularga berilgan ta’riflar tahliliga oid takliflardan «Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari» nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 martdagi 89-03-1125-son ma’lumotnomasi). Bu milliy g‘oya targ‘ibotida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishga, ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning natijadorligiga erishishda ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;

«milliy g‘oya» tizimida o‘zlikni anglash tuzilmalari (milliy ong va tafakkur) ona tili va milliy g‘oyaning tarkibiy bog‘liqligiga oid ilmiy xulosalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida jamiyat ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashda milliy o‘zlikni anglashning tuzilmaviy jihatlarini muhim omil sifatida o‘rganishda, tizimli tahlil qilishda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yil 25 martdagi 02/599-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarga oid davlat siyosatini tatbiq qilish, milliy g‘oya va o‘zlikni anglash munosabatlarini tahlil qilishda samaradorlikka erishish imkonini bergan;

milliy meros va qadriyatlar, umuminsoniy demokratik prinsiplar milliy o‘zlikni anglashning muhim tuzilmasi tahliliga oid xulosalar va taklif-tavsiyalardan «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazida milliy g‘oya tizimida milliy o‘zlikni anglashning tuzilmaviy-funksional tahliliga doir jamoatchilik fikrini o‘rganish va tahlil qilishda nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2019 yil 28 martdagi 01-16/119-son ma’lumotnomasi). Bunda zamonaviy yoshlar yangicha fikrlashining yangi g‘oyalar, yangi qadriyatlar bilan ijtimoiylashuv jarayonini monitoring qilishda hamda sifatiy sotsiologik tadqiqotlarni nazariy-metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan;

milliy g‘oya tizimida inson – fuqarolik darajasida o‘zligini anglashi millatlararo totuvlikni, hamjihatlikni va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning muhim sharti ekanligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining «VII. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari» yo‘nalishining 47-bandi «Milliy g‘oyani mamlakatimizdagi fuqarolik, ijtimoiy va demokratik institutlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot materiallari kompleksini tayyorlash» mavzusida ilmiy tadqiqot olib borish» hamda 49-««Ma’naviy tarbiya» nomli bolalar va o‘smirlarda ma’naviy tarbiyani tashkil qilish bo‘yicha metodik qo‘llanma ishlab chiqish» bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda, shuningdek, PZ-20170930369 raqamli «Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish» grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 27 martdagi 01/010-316-19-son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mamlakatimiz yoshlari ma’naviyatini yanada yuksalishiga, milliy o‘zligini anglashiga, umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish