Ibragimova Nayira Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekologik xavfsizlikni ta’minlash tizimining institutsional va funksional integratsiyasi», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal113.
Ilmiy rahbar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Mamashokirov Said, falsafa fanlari doktori, professor; Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat iqtisodiyotinstituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: barqaror ekologik xavfsizlikka tahdid masalalarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan nazariy asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik xavfsizlikni ta’minlashning murosaga asoslagan “milliy modeli” va uning tavsiflari (tolerantlik, konsensus, o‘zaro yordam) asosida shakllantirilgan ijtimoiy-falsafiy qonuniyatlari asoslab berilgan;
tabiat va jamiyat o‘zaro munosabatlarini optimallashtirishning asosi bo‘lgan barqaror ekologik rivojlanishning (strukturaviy-funksional, integratsiyaviy, universal hamda intensiv) mexanizimlari takomillashtirilgan;
fuqarolarda ekologik tafakkurni rivojlantirish hamda ekologik jinoyatchilikka qarshi kurashishda “mahalla-tuman-viloyat-respublika” prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasi ishlab chiqilgan;
ekologik xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarda “xalq diplomatiyasiga” asoslangan hamkorligiga oid takliflari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash tizimining institutsional va funksional integratsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekologik xavfsizlikni ta’minlashning murosaga asoslagan “milliy modeli” va uning tavsiflari asosida shakllantirilgan ijtimoiy-falsafiy qonuniyatlariga oid taklif-tavsiyalardan «EKOSAN» ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamoat fondi faoliyatida foydalanilgan («EKOSAN» ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamoat fondining 2018 yil 9 fevraldagi 10-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi ekologik tahdidlarning inson turmush tarziga, tabiiy atrof-muhitga keltiradigan zararlari oldini olishda ekologik xavfsizlik fenomenining ijtimoiy-falsafiy mazmun-mohiyatini tadqiq etishga xizmat qilgan;
tabiat va jamiyat o‘zaro munosabatlarini optimallashtirishning asosi bo‘lgan barqaror ekologik rivojlanishning mexanizimlariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasining 2018 yil 21 apreldagi 03-03/2-2467-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ekologik xavfsizlikka tahdidlar strukturasida ob’ektiv asoslar va sub’ektiv omillarning nisbatan mustaqil rivojlanish qonunlarini, harakatlantiruvchi mexanizmlarini, potensial ta’sir imkoniyatlarini o‘rganish, ularning oqibatlarini ilmiy prognozlashtirishga xizmat qilgan;
fuqarolarda ekologik tafakkurni rivojlantirish hamda ekologik jinoyatchilikka qarshi kurashishda “mahalla-tuman-viloyat-respublika” prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalardan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida amalga oshirilgan Erasmus+ xalqaro granti doirasidagi GREB Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering green building (№ SBHE Project N. 574049-EPP-1-2016-1- IT-RPPKA2-CBHE-JP) nomli loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim maxsus vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi 89-03-3595-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi ekologik xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, insonlar ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va maishiy turmushida ilmiy-texnika vositalardan foydalanishning ekologik texnologiya madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ekologik xavfsizlikni ta’minlashda, xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarda “xalq diplomatiyasiga” asoslangan hamkorligiga oid nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar, amaliy takliflar O‘zbekiston Ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2018 yil 5 fevraldagi 02/52-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasida milliy xavfsizlik konsepsiyasini amalga oshirishda ekologik xavfsizlikka tahdidlar profilaktikasiga mutasaddi davlat tashkilotlari, ommaviy fuqarolik institutlari faoliyatini integratsiyalashtirish, ishlab chiqarish amaliyotini ekologiyalashtirishga bog‘liq vazifalarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.