Mo‘ydinov Qodirjon Abdurasulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tili sud nutqi leksikasi», 10.00.01–O‘zbek tili. (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2018.3.PhD/Fil493.

Ilmiy rahbar: Rasulov Ravshanxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent  davlat pedagogika  universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.19.01.

Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ibrohim Jo‘raevich, filologiya fanlari doktori, professor; Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili sud nutqi leksikasini yaxlit sistema sifatida o‘rganish, sud jarayonida qo‘llanayotgan leksik birliklarni tartibga solish borasidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sud nutqidagi terminlarning shaxslarni (sud`ya, advokat), jinoyat va jazoni (firibgarlik, o‘g‘irlik), sud hujjatlarini (sanksiya, order), sud hukmi (sud qarori, sud ajrimi) va jazo joylarini (qamoqxona, kamera) ifodalovchi guruhlari aniqlangan;

sud nutqidagi terminlarning sodda (sud`ya, guvoh, jinoyat), qo‘shma (tartibbuzar, huquqbuzar, fotohujjat) va murakkab (mualliflik huquqi, majburiy ijro, ozodlikdan mahrum qilish) turlarining mohiyati ochib berilgan;

sud nutqidagi leksik birliklarning o‘zaro ma’nodoshlik (avval, ilgari, muqaddam), zidlik (oqlash – qoralash, aybdor – aybsiz), jins va tur (bayonnoma – so‘roq qilish bayonnomasi, sud majlisi bayonnomasi, tintuv bayonnomasi), butun va bo‘lak (kodeks – bob, band, modda),darajalanish (gumon qilinuvchi, sudlanuvchi, aybdor) kabi jihatlari yoritilgan;

sud nutqida so‘z tanlash, sud bayonnomasi, sud ajrimi, sud hukmi, advokat nutqi kabi hujjatlarni tuzishda, asosan, sodda gaplardan foydalanish, fikrni qisqa va aniq ifodalash, takrorlarga yo‘l qo‘ymaslik asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek tili sud nutqi leksikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

sud nutqi leksikasi birliklari o‘rtasidagi sinonimik, antonimik, giponimik, partonimik, funksionimik, graduonimik kabi munosabatlarga oid materiallardan 2015–2017 yillarga mo‘ljallangan A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» amaliy ilmiy-texnik loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 dekabrdagi 89-03-4273-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha yangi ilmiy-amaliy materiallar bilan boyigan, audiokitobda terminlarning izohi mukammallashgan;

sud jarayoni ishtirokchilarining matn tuzish, so‘z tanlash bilan bog‘liq muammolarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalardan 2013–2014 yillari Farg‘ona viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalari transferi markazi tomonidan tashkillangan «Ijtimoiy ekologiya muammolari» nomli innovatsiya loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 dekabrdagi 89-03-4273-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning yuridik terminlar bilan bog‘liq qismining ilmiy qiymati oshgan, fanlararo integratsiyasi ta’minlangan;

sud nutqi leksikasining semantik maydoni, ma’no guruhlari, uning xususiyatlari, sud ishtirokchilarining nutqlari haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ta’lim va taraqqiyot» eshittirishlarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2018 yil 6 dekabrdagi 120-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy ahamiyati ortib, mukammallashgan, qiziqarliligi, hayotiyligi va ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish