Shakirov Zair Saatovichning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning Azospirillum avlodiga mansub assotsiativ bakteriyalari va kserofit dukkakli o‘simliklarining tuganak bakteriyalari», 03.00.04 – «Mikrobiologiya va virusologiya» ixtisosligi (biologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /biologiya fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.V89
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti va Mikrobiologiya instituti huzuridagi 16.07.2013. V.01.03 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xodjibaeva Sanabar Mirzaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yunusxanov Shavkat, biologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Zaxro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor; Ismailov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik va hayvonat olami genofondi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Azospirillum avlodiga mansub bo‘lgan assotsiativ va kserofit dukkakli o‘simliklar tuganak bakteriyalarini ajratish, ularning morfologik-kultural hamda fiziologik-biokimyoviy xususiyatlarini, assotsiativ va dukkakli-rizobial simbiozini, uning boshoqli va dukkakli o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: ilk bor O‘zbekistonda bug‘doy, makkajo‘xori, sholi ildizi yuzasidan va ularning rizosferasidan Azospirillum avlodiga mansub bo‘lgan molekulyar azotni o‘zlashtiruvchi assotsiativ bakteriyalarning mahalliy shtammlari ajratilgan, morfologik-kul`tural, fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari va molekulyar-genetik taksonomiyasi asosida ajratib olingan bakteriyalarning (Azospirillum avlodiga, A. brasilense va A. lipoferum turlariga xos) sistematik holati aniqlangan;
ilk bor bug‘doy ildizi yuzasidan ikkita yangi bakteriya turlari Azospirillum sp.A13-4 (www.straininfo.net/sequences/JQ736330/browser/embl) va Azospirillum sp.C10-8 www.straininfo.net/sequences/JQ736331/browser/embl) ajratilgan va aniqlangan;
birinchi marta bug‘doy va sholi urug‘lari Azospirillum avlodiga mansub bo‘lgan assotsiativ bakteriyalar bilan ishlov berilganda bug‘doy ildizida para-tuganaklarning hosil bo‘lishi aniqlangan; sholi o‘simligi ildizi yon tuklarining kuchli o‘sishi va ko‘p sonli bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor Azospirillum avlodiga xos bo‘lgan bakteriyalar bir hujayrali yashil suvo‘ti Chlorella sorokiniana UTEX-260 bilan assotsiativ simbioz hosil qilishini aniqlash usuli yaratilgan;
ilk bor A. conollyi, A. villossimus, A. unifoliolatus, O. transcaucasica va O. chorassanica tuganaklaridan tuganak bakteriyalar ajratilgan;
birinchi marta A. conollyi, A. villossimus, A. unifoliolatus, O. transcaucasica va O. chorassanica o‘simliklarining tuganaklarida Rhizobium, Sinorhizobium avlodlariga mansub tuganak bakteriyalari bilan bir qatorda, o‘simlik ildizlarida biologik azotni o‘zlashtiruvchi boshqa sinf avlodlari Betaproteobacteria (Burkholderia, Achromobacter), Gammproteobacteria (Enterobacter, Pantoea) turlari borligi aniqlangan;
A. conollyi, A. villossimus va A. unifoliolatus o‘simliklarining Rhizobium sp. AC1-1, AV3 va AU3-1, AU30-1 shtammlari bilan bo‘lgan dukkakli – rizobial simbiozi o‘simliklarning NaCl ning 200 dan 300 mM gacha sho‘rlanishiga adaptatsiyasini kuchaytirgan, O. transcaucasica va O. chorassanica o‘simliklarini Rhizobium sp. OT111, OT117 va OS107, OS109 shtammlari bilan ishlov berilganda sho‘rlanishga bo‘lgan chidamlilik 150 mM ko‘tarilgan, shu bilan bir qatorda O. transcaucasica va O.chorassanica o‘simliklarida elementlarning (Na, Mg, Fe, Ca, P, K) akkumulyasiya bo‘lishi ko‘rsatilgan;
A. conollyi, A. villossimus va A. unifoliolatus o‘simliklarining dukkakli-rizobial simbioz normal o‘sishi va rivojlanishi uchun 6,41% tuproq namligi va O. transcaucasica, O. shorassanica uchun 8,65 % li namlik etarli ekani aniqlangan;
bakteriyalar va o‘simliklarning glutaminsintetaza, al`degidoksidaza va ksantinedegidrogenaza fermentlarining faolligi o‘stirish sharoitlariga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ko‘p yillik cho‘l dukkakli o‘simliklar urug‘larini undirish, undirilgan o‘simlik o‘simtalarini Azospirillum va tuganak bakteriyalar bilan ishlov berish, vegetatsion va cho‘l sharoiti dala tajribalarda o‘simliklarni o‘stirishning yangi usullari UNTS №R-225 «Qumni turg‘unlashtirish texnikasini o‘rganish» (2005–2008) xalqaro loyihasida cho‘l sharoitida o‘simliklarni samarali unib chiqishida qo‘llanilgan. Uning natijasi o‘simlik urug‘larining unib chiqishi 90–95 foizni tashkil etgan (tabiiy sharoitda 5–10 foiz tashkil etadi) hamda vegetatsion va cho‘l dala tajribalarida o‘stirilgan o‘simliklar 4 oyda tabiiy sharoitda o‘sgan 2–3 yillik o‘simliklarga tenglashgani aniqlangan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2015 yil 22 maydagi FTK-0213/350-son ma’lumotnomasi);
Azospirillum brasilense A13-6 bakteriyasi asosida yaratilgan «Azos-Uz» biopreparati amaliyotga joriy etilgan, jumladan, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy-tajriba stansiyasida 8 gektar sholi maydoni va Buxoro viloyati, fermer xo‘jaliklarida bug‘doy maydoniga joriy qilingan. Bug‘doy hosildorligi 6% ga va sholi hosildorligi esa 6,2% ga oshgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2015 yil 8 iyundagi 02/20-502-sonli ma’lumotnomasi).