Ruziev Shohruzbek Ravshan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt280.
Ilmiy rahbar: Amonboev Mahammadsidik, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunxadjaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshtaev Alisher Abduganievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«tarixiy obidalar turizmi» va «madaniy-tanishuv turizmi» tushunchalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati turistlar madaniy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda ochib berilgan;
tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi turistik taassurotlarni shakllantirish va tarqatish, natijalarni baholash va maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan;
tarixiy-madaniy turizm sub’ektlarini indikativ boshqarish mexanizmi tarixiy-madaniy merosni qayta tiklash, turistik hikoyalarni shakllantirish va tarqatish, turistik biznes korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish jarayonlarining indikatorlari asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda turistik xizmatlar eksportining 2019–2022 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda tarixiy-madaniy turizmni rivojantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida:
tarixiy-madaniy turizm talabi asosida taassurotlarni shakllantirishga asoslangan tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 14 yanvardagi 02-22/205-1-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida tarixiy-madaniy turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar o‘rtasida turistik faoliyatni muvofiqlashtirish hamda turistik taassurotlarni shakllantirgan holda hududlar turistik resurs salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratgan;
tarixiy-madaniy turizm sub’ektlarini indikativ boshqarish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 14 yanvardagi 02-22/205-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning amaliyotga joriy etilishi tarixiy-madaniy resurslari holatini, turistlarning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini aniqlash hamda strategik rejalarni tuzish va hisoblab chiqish uchun axborotning ishonchlilik darajasining oshishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan turistik xizmatlar eksportining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 14 yanvardagi 02-22/205-1-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlardan turizmni istiqbol rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan.