Ibragimova Feruza Ikromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sun’iy yuvish va tozalash vositalarini ishlab chiqarish korxonalari ishchilarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va parodont to‘qimasi kasalliklarining kechish xususiyatlari va davolash chora-tadbirlari», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib87.
Ilmiy rahbar: Gafforov Sunatullo Amrulloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Joludev Sergey Egorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya, Ekaterenburg); Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy SYuV va STV ishlab chiqarishdagi ishchilar OBShQ va parodont to‘qimalari kasalliklarining klinik kechishi asoslash hamda tegishli davolash-profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SYuV va STV ishlab chiqarish ishchilarida OBShQ va parodont to‘qimalaridagi yallig‘lanishlar mehnat sharoitlaridagi gipoxlorit natriy va xlor birikmalarining xavfli omillaridan kelib chiqishi isbotlangan;
SYuV va STV tarkibidagi kimyoviy birikmalar: jumladan gipoxlorit natriy, xlor, ammik, atseton, metilakrilat kabi birikmalar salbiy ta’siri oqibatida ishchilarining OBShQ va parodont to‘qimalarida kasalliklar keng tarqalishi, og‘ir klinik kechishining o‘ziga xosligi aniqlangan;
SYuV va STV mehnat sharoitida mavjud kimyoviy birikmalarning mahalliy va umum toksik ta’sirida parodont to‘qimasi qon tomirida o‘tkazuvchanlik buzilishi, shilliq qavat sezgirligi pasayishi va immunitet tizimi IgA faolligini salbiy siljish natijasida allergik o‘zgarishlar aniqlangan va patologiya klinikasi salbiy omillar ta’siri davriga bog‘liqligi asoslangan;
SYuV va STV ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan moddalar jonivorlar og‘iz bo‘shlig‘i allergik reaksiya, jigar oksil, xolesterin, glyukoza, siydikdagi hamda qondagi ALT, AST, ishqoriy fosfatazadagi, amilaza salbiy ta’siri tajribada etiopatogenetik jihatidan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
SYuV va STV ishlab chiqarish ishchilarida OBShQ va parodont to‘qimalari kasalliklari kechishi va davolanishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Yuvuvchi va tozalovchi vositalar ishlab chiqarish korxonalari ishchilarining og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini tashxislash xususiyatlari» mavzusida uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 12 dekabrdagi 8n-d/76-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma SYuV va STV ishlab chiqarish sharoitida ishchilarda tashxislash uslubi samarodorligini oshirish imkonini bergan;
“Sun’iy yuvish va tozalash vositalarini ishlab chiqarish korxonalari ishchilarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va parodont to‘qimalari kasalliklarini davolash va profilaktika qilish tamoyillari” mavzusida uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2018 yil 27 dekabrdagi 8n-r/381-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma SYuV va STV ishlab chiqarish korxonalari ishchilarida davolashning samaradorligini oshirish imkonini beradi;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan “Navoiyazot” aksionerlik jamiyati tibbiy sanitar qismi, “Navoiyazot” aksionerlik jamiyati poliklinika-profilaktoriysi, Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ITI dispanser bo‘limida amaliy faolyatga, Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi Stomatologiya markazida klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2019 yil 29 yanvardagi 8n-d/14-son ma’lumotnomasi). Tatbiq qilingan natijalar SYuV va STV ishlab chiqarish korxonalari ishchilarida OBShQ va parodont to‘qimalari kasalliklarini to‘g‘ri tashxislash, samarali davolash va profilaktika qilishga yordam bergan.