Abdimuratova Nilufar Paraxatovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqidae’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining ijtimoiy-madaniy kompetentliligini rivojlantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped7.

Ilmiy rahbar: Annamuratova Svetlana Karimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.

Rasmiy opponentlar: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Xalilov Paxriddin Nuritdinovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.

Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy  ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

madaniyatlaro kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy asosi sifatida ijtimoiy-madaniy kompetentlikning mazmunli, kognitiv, faoliyatga doir, strategik va affektiv komponentlari ijtimoiy-madaniy bilimlar (qadriyatlar, an’analar va mentalitet), til ko‘nikmalari (nutqda til birliklarini to‘g‘ri qo‘llay olish) bilan integrativ tarzda namoyon bo‘lishi asoslangan;

bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarining S1 (idioma va slinglarni tushunish, nutqiy faoliyat turlarini farqlash, til vositalaridan foydalanish) va S2 (sotsiomadaniy hodisalarni ajrata olish, realiya va konseptlar bilan ishlash) darajalari diskriptor (ijtimoiy-madaniy ko‘nikmalar) ko‘rinishiga egaligi lingvomadaniy materiallar asosida isbotlangan;

auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari “Ingliz tili o‘qituvchisining ijtimoiy-madaniy kompetentliligi” maxsus kurs dasturini ishlab chiqish va modulli ta’limga asoslangan o‘quv amaliyotini intensiv joriy etish orqali aniqlashtirilgan;

bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti autentik (ommabop) matnlar va paralingvistik (rasm, foto, illyustratsiya) materiallar asosida talabalar uchun interaktiv dasturiy vositalarni (Sillabus, ishchi daftar, refleksiv kundalik) ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining ijtimoiy-madaniy kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

madaniyatlaro kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy asosi sifatida ijtimoiy-madaniy kompetentlilikning mazmunli, kognitiv, faoliyatga doir, strategik va affektiv komponentlarini aniqlashtirish hamda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarining S1 (idioma va slinglarni tushunish, nutqiy faoliyat turlarini farqlash, til vositalaridan foydalanish) va S2 (sotsiomadaniy hodisalarni ajrata olish, realiya va konseptlar bilan ishlash) darajalari diskriptor (ijtimoiy-madaniy ko‘nikmalar) ko‘rinishiga ega ekanligini asoslashga doir taklif va tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil  25 avgustdagi 744-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Pedagogika” ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari davlat ta’lim standarti hamda malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 areldagi 89-03-1529-son ma’lumotnomasi). Natijada “Amaliy chet tili”, “Mamlakatshunoslik”, “Xorijiy tilni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish” fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashtirish hamda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalardan FA-F1-GOO1 raqamli “Qoraqalpog‘iston jahon madaniyati kontekstida. Amudaryoning quyi tomonidagi shahar va shahar madaniyatining tarixiy istiqbollari (2012–2016 yy.)” mavzusidagi loyiha doirasida bo‘lajak mutaxassislarning jahon madaniyatini o‘rganishga qiziqishlarini oshirish va milliy madaniyatni targ‘ib etishga tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 areldagi 89-03-1529-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston va jahon madaniyati integratsiyasi vositasida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish