Matkarimov Sohibjon Turdalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Po‘lat eritish shlaklarini qayta ishlashning chiqindisiz texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T722.
Ilmiy rahbar: Yusupxodjaev Anvar Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc. 28.02.2018.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Mamaraximov Xamza Mamadjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: po‘lat eritish shlaklarini qayta ishlashning chiqindisiz texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qora metallurgiya shlaklaridan temir va uning birikmalarini ajratib olishda gravitatsion usuldan foydalanishning optimal yiriklik darajasi aniqlangan;
po‘lat eritish shlaklaridan konsentratsion stol yordamida FeO, Fe2O3, Fe larni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
rudayoqilg‘ili okatishlarni tiklovchi muhitda termik ishlov berish jarayonida kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar aniqlangan;
rudayoqilg‘ili okatishlarni tiklovchi muhitda termik ishlov berishda Angren qo‘ng‘ir ko‘mirini qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
po‘lat eritish shlaklarini qayta ishlash davomida kechadigan mexanik, kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarning texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Po‘lat eritish shlaklarini qayta ishlashning chiqindisiz texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
po‘lat eritish shlaklarini gravitatsion usulda boyitish texnologiyasi «O‘zmetkombinat» AJga joriy qilingan («O‘zmetkombinat» AJning 2019 yil 22 yanvardagi 01/03-02-02-40-son ma’lumotnomasi). Natijada gravitatsion usulda boyitish uchun po‘lat eritish shlaklarining yiriklik darajasi 0,1 mm gacha bo‘lishi lozimligi aniqlangan;
po‘lat eritish shlaklaridan temir va uning birikmalarini konsentratsion stol yordamida ajratib olish texnologiyasi «O‘zmetkombinat» AJga joriy qilingan («O‘zmetkombinat» AJning 2019 yil 22 yanvardagi 01/03-02-02-40-son ma’lumotnomasi). Natijada po‘lat eritish shlaklarini konsentratsion stolda boyitish bilan FeO, Fe2O3, Fe ajratib olish ko‘rsatkichlari FeO+Fe2O3-63,0; Fe-78,2% ga oshirish imkoni yaratilgan;
rudayoqilg‘ili okatishlarni tiklovchi muhitda termik ishlov berishda Angren qo‘ng‘ir ko‘mirini qo‘llash texnologiyasi «O‘zmetkombinat» AJga joriy qilingan («O‘zmetkombinat» AJning 2019 yil 22 yanvardagi 01/03-02-02-40-son ma’lumotnomasi). Natijada metallashgan xomashyo olishda mahalliylashtirish imkoni yaratilgan;
po‘lat eritish shlaklarini qayta ishlashning texnologik sxemasi «O‘zmetkombinat» AJga joriy qilingan («O‘zmetkombinat» AJning 2019 yil 22 yanvardagi 01/03-02-02-40-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiya kombinatga yiliga 5000 tonna metallashgan temir va 13000 tonna temir oksidlari (FeO, Fe2O3) olishga erishilgan.