Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za sug‘orilishida polimer-polimer komplekslardan foydalanib, suv iqtisodiyotiga erishish texnologiyalarining ilmiy asoslari», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dexqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T101.
Ilmiy rahbar: Muxamedov G‘ofirjon Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Shavkat Xudargenovich, texnika fanlari doktori, professor; Isaev Sobirjon Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Inagamov Sobitjon Yakubjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy- tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zani egat orqali sug‘orish texnikasi elementlari takomillashtirilishi natijasida suv tejalishi, mineral o‘g‘itlar samarasiz sarfini kamaytirish, hosildorlik va er resurslarining oshirilishini ta’minlaydigan polimer-polimer kompleks asosidagi ekran qo‘llab sug‘orishning suvtejamkorlik texnologiyasi ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
egatlab sug‘orish uchun fil`tratsiyaga qarshi tuproq usti va tuproq osti ekranlari hosil qilish usuli karboksimetisellyuloza hamda mochevinoformal`degid smolasi, ortofosfor kislotasi ishtirokida polimerlarni sintez qilish asosida takomillashtirilgan;
g‘o‘zani egatlab sug‘orish usuli polimer-polimer kompleks asosidagi fil`tratsiyaga qarshi tuproq usti va tuproq osti ekrani orqali, og‘ir qumoq tuproq sharoiti, sizot suvlarining o‘rta yaqinlikdagi joylashuvida suvtejamkor texnologiyalarni qo‘llagan holda takomillashtirilgan;
polimer-polimer kompleks qo‘llanilib, fil`tratsiyaga qarshi tuproq usti va tuproq osti ekranlari orqali g‘o‘zani egatlab sug‘orish texnikasi elementlarini hisoblash usullari Sen-Venan tenglamalariga asoslangan holda ishlab chiqilgan;
mineral o‘g‘itlarni tuproqqa uzatish texnologiyasi polimer-polimer kompleks qo‘llanilgan holda tuproq usti fil`tratsiyaga qarshi ekrani asosida takomillashtirilgan;
g‘o‘zani egatlab sug‘orishning suvtejamkor texnologiyasi elementlari tarkibiga mineral o‘g‘it qo‘shilgan polimer-polimer kompleks asosidagi tuproq usti fil`tratsiyaga qarshi ekrani orqali engil qumoq tuproq sharoiti, sizot suvlarining chuqur joylashuvida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polimer-polimer komplekslardan foydalanib g‘o‘za sug‘orilishida suvtejamkor texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
polimer-polimer kompleks asosidagi fil`tratsiyaga qarshi tuproq usti ekrani yordamida egatlab sug‘orish usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Toshrabot-Jilvon irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli “Sodiq-Zafar Saxovati” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 sentyabrdagi 02/021–240-son ma’lumotnomasi). Natijada har gektaridan 1024 m3 suv tejalishiga, shuningdek, tekis namlanish koeffisientining 0,64 dan 0,88 gacha, hosildorlikning 7,2 sentnerga o‘sish imkoniyati yaratilgan;
polimer-polimer kompleks asosidagi fil`tratsiyaga qarshi tuproq osti ekrani yordamida egatlab sug‘orish usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Toshrabot-Jilvon irrigatsiya havza boshqarmasiga qarashli “Sodiq-Zafar Saxovati” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 sentyabrdagi 02/021-240-son ma’lumotnomasi). Natijada har gektaridan 1400 m3 suv tejalishiga, shuningdek, tekis namlanish koeffisientining 0,64 dan 0,82 gacha, hosildorlikning 7,8 sentnerga o‘sish imkoniyati yaratilgan;
polimer-polimer kompleks+mineral o‘g‘it fil`tratsiyaga qarshi tuproq usti ekrani orqali egatlab sug‘orish usuli Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Omad Kelajak Baraka” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 sentyabrdagi 02/021-240-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 937 m3 sug‘orma suv tejamkorligi hamda hosildorlikning 6,5 sentnerga o‘sishi imkoni yaratilgan;
tuproqqa mineral o‘g‘itlarni fil`tratsiyaga qarshi polimer-polimer kompleks+mineral o‘g‘it tuproq usti ekrani orqali uzatish usuli Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Omad Kelajak Baraka” fermer xo‘jaligida (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 sentyabrdagi 02/021-240-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning faol qatlamida azot va fosforning berilgan umumiy miqdor hisobidan nazorat dalalariga nisbatan mos ravishda 27,9% va 27,1% ko‘proq miqdorda saqlab qolish imkoniyati yaratilgan;
polimer-polimer kompleks asosidagi fil`tratsiyaga qarshi tuproq usti va osti ekranlari yordamida kalta egatlarda egatlab sug‘orish usuli O‘zbekiston Milliy universitetiga qarashli “Botanika bog‘i”da joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 sentyabrdagi 02/021-240-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi gektaridan 1008 m3 sug‘orma suvtejamkorligi hamda hosildorlikning 6,8 sentnerga o‘sishi imkonini bergan.