Turdalieva Dilfuza Soloxidinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek xalq maqollarining lingvopoetik xususiyatlari”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya  mavzusi  ro‘yxatga  olingan  raqam: B2018.1.PhD/Fil417.

Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018.Fil.70.01.

Rasmiy opponentlar: Anvar Omonturdiev, filologiya fanlari doktori, professor;  Ma’ruf Yo‘ldoshev, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.  

Dissertatsiya yo‘nalishi:  nazariy va amaliy ahamiyatga  molik.

II.Tadqiqot maqsadio‘zbek xalq maqollarining paremiologik tizimdagi xususiyatlarini badiiy nutq sifati nuqtai nazaridan baholash hamda ularning lingvopoetik imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek xalq maqollarining qahramonlar nutqini individuallashtirish vositasi ekani, adib badiiy niyatining mukammal ifodalanishini ta’minlashi ochib berilgan.

badiiy matnda xalq maqollarining variantlashuvi, ularni odatiy va g‘ayriodatiy mazmunda qo‘llash orqali badiiy tasvir xalqchilligini ta’minlashi asoslangan;

badiiy matnda xalq maqollarining badiiy san’at hosil qilishi va ularning badiiy tasvir vositalari sifatidagi ta’sir etish o‘rinlari dalillangan;

badiiy matnda xalq maqollarini qayta yaratish orqali borliqni obrazli anglash va idrok etish xususiyatining kuchayishi asoslangan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek xalq maqollarining lingvopoetik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida: 

xalq maqollarining til tizimida tutgan o‘rni hamda o‘zbek tili lisoniy imkoniyatlarining badiiy voqelanish omillari bilan bog‘liq ilmiy natijalaridan F1-FA-2012-1-8 raqamli “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 fevraldagi 89-03-628-son ma’lumotnomasi).  Ilmiy natijalar asosida o‘zbek xalq maqollarini tavsiflash va ularni tayanch matnlar bazasiga kiritishga doir nazariy qarashlarni mukammallashtirishga erishilgan;

lisoniy imkoniyatlarning badiiy voqelanishi lingvistik va metodologik aspektda asoslanishi bilan nazariy xulosalaridan A-1-39 raqamli “O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy  loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 fevraldagi 89-03-628-son ma’lumotnomasi).  Tadqiqot natijalaridan maqollarning nutq psixologik tavsifidagi o‘rni masalalarini yoritishga xizmat qilgan;

o‘zbek tilshunosligida badiiy matnda maqollarning turlanishi, lisoniy imkoniyat va badiiy san’atning munosabati dalillanishi  natijalaridan BA-1-023 raqamli “Badiiy san’at asarlari talqini va unda madaniy nutq rolini kuchaytirish asosida yoshlar dunyoqarashiga milliy mental omillarni singdirish” mavzusidagi loyihada “Lingvopoetika atamalarining qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 fevraldagi 89-03-628-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash  asosida til inson tafakkur faoliyatining mexanizmi va quroli ekanli, uning tabiati va ma’naviy dunyosining tarkibiy qismi sifatida qaralishi haqidagi o‘rinlarning mukammallashishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish