Fayziev Shoxrud Farmonovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surishtiruv organlari faoliyatini modernizatsiyalash», 12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Yu97.

Ilmiy maslahatchi: Zakurlaev Abdumutal Karimovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.30.08.2018.Yu.74.01.

Rasmiy opponentlar: Pulatov Yuriy Sayfievich, yuridik fanlar doktori, professor; Rahmonova Surayyo Mahmudovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Yo‘ldosh Raximov, yuridik fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: surishtiruv organlari faoliyatini modernizatsiyalashning nazariy, tashkiliy va protsessual jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

surishtiruvni amalga oshirishda jinoyat-protsessual qonun hujjatlari normalarining qo‘llanilishi; surishtiruvchining topshiriqlarini bajarish; surishtiruvning boshlanishi va surishtiruv yuritish muddati; surishtiruvning surishtiruvchilar guruhi tomonidan amalga oshirilishi hamda tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi; surishtiruvni to‘xtatish va surishtiruvni tamomlash turlari; ayblov dalolatnomasi hamda surishtiruvchining harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat berish kabi masalalarni belgilash asoslab berilgan;

surishtiruvchining, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘ining va uning mansabdor shaxsining vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritish hamda jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar vakolatlarini mustahkamlash asoslantirilgan;

dalillarni ekspertlar tomonidan qabul qilib olish, saqlash va rasmiylashtirish tartibining joriy qilinishi ekspertiza tergov harakatini o‘tkazish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi taklif etilgan;

“tergov harakatlarini va tezkor-qidiruv tadbirlarini”, “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga”, “tergov harakatlarini va tezkor-qidiruv tadbirlarini” so‘zlarini O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritish amaliyotda qonunchilikni to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qilishi asoslantirilgan;

surishtiruvchi va tergovchi hamkorligini ta’minlash hamda soddalashtirilgan ish yuritish tartibini joriy qilish surishtiruvni o‘z vaqtida o‘tkazishga xizmat qilishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Surishtiruv organlari faoliyatini modernizatsiyalash tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

surishtiruvchining, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘ining va uning mansabdor shaxsining vakolatlariga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 3811-38117-moddalarini qamrab olgan “Surishtiruvning umumiy shartlari” nomli 461-bobni kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 18 apreldagi 06-18/375-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi sudga qadar ish yuritish bosqichida davlat byudjetining iqtisod qilishga, jinoyatlarni tez va to‘la ochishga, jinoyat-protsessual muddatlarning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlashga xizmat qilgan;

surishtiruvchining, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘ining va uning mansabdor shaxsining vakolatlariga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 381, 391, 392-moddalar va 461-bobga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatining 2017 yil 18 apreldagi 06-18/375-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv organlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;

surishtiruv, surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining va tergovchining vakolatlariga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 36, 38, 39-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining 2016 yil 2 maydagi 06/1-05/624-vx-son, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 24 fevraldagi 06-18/183-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflar surishtiruv, surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining va tergovchining vakolatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;

dalillarni ekspertlar tomonidan qabul qilib olish, saqlash va rasmiylashtirishga doir takliflar 2015 yil 3 avgustda tasdiqlangan «H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida ashyoviy dalillardan ekspertlik faoliyatida foydalanish va saqlash tartibi to‘g‘risida»gi yo‘riqnomaning 3, 26, 27-bandlarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi X.Sulaymonova ekspertiza markazining 2015 yil 25 noyabrdagi  29-1296-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanilishi surishtiruv bosqichida ekspertiza tergov harakatini o‘tkazish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;

surishtiruvchi va tergovchi hamkorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar Ichki ishlar vazirligi Tergov bosh boshqarmasi tomonidan idoraviy-normativ hujjatlarni tayyorlashda foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov bosh boshqarmasining 2016 yil 7 yanvardagi 18/72-son ma’lumotnomasi). Bu surishtiruv vaqtida tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish