Sharafutdinova Leyla Polatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shimoliy Ustyurt yura davri yotqiziqlarining litologik-fatsial xususiyatlari hamda neftgazlilik istiqbollari», 04.00.07–Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/GM50.
Ilmiy rahbar: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Sultanboy To‘xtaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Zorina Ol`ga Alekseevna, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shimoliy Ustyurt yura yotqiziqlari cho‘kindilarining to‘planish fatsial-paleogeografik sharoitlarini tiklash, ularning moddiy kompleks tarkibini hamda litologik tutqichlarning tarqalish qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shimoliy Ustyurtdagi yura yotqiziqlarining litologik-stratigrafik va mineralogik-petrografik modeli geofizik materiallarni ishonchli talqin qilishda foydalanish uchun aniqlangan;
hududda yura terrigen jinslariini ajratish, o‘zaro taqqoslash hamda fatsial tegishliligini aniqlash uchun ularning genetik tipizatsiyasi va mineral assotsiatsiyalari ishlab chiqilgan;
ilk bor shimoliy Ustyurt yura terrigen jinslarini Ruxin va Passegi genetik diagrammalari usuli bo‘yicha, mineralogik tarkibini, struktura-tekstura belgilarini hamda Muromsev usuli bo‘yicha karotaj egri chiziqlarining o‘zgarishini hisobga olgan holda kompleks aniqlash asosida fatsial kelib chiqishi tiklangan;
shimoliy Ustyurt yura yotqiziqlarining cho‘kindi to‘planish sharoitlarini, neft` va gaz konlarini regional bashoratlash uchun fatsial-paleogeografik birliklarni ajratish bilan birgalikda, bosqichma-bosqich almashinish qonuniyatlari aniqlangan;
shimoliy Ustyurt yura yotqiziqlarida tarqalgan tutqichlar tarqalish zonalarining chegaralari fatsial-paleogeografik rekonstruksiyalar asosida litologik tutqichlarning shakllanish sharoitlarini yuzaga keltiruvchi omillar yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shimoliy Ustyurt yura yotqiziqlari litologik-fatsial xususiyatlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Kosbuloq bukilmasi, Oqtumshuq burmalar tizimi va Janubiy Orolbo‘yi hududida litologik turdagi tutqichlarni topish uchun istiqbolli maydonlarni aniqlash bo‘yicha tavsiyanoma «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2019 yil 7 yanvardagi 02-14/1-son ma’lumotnomasi). Natijada litologik turdagi tutqichlarni aniqlashda geologik-qidiruv ishlarining samarali yo‘nalishlarini asoslab berish imkonini bergan;
Atorboy mul`dasi hududida «eroziya paleovodiylari»ni trassalash maqsadida geofizik ma’lumotlarni qayta talqin etish bo‘yicha tavsiyanoma «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2019 yil 7 yanvardagi 02-14/1-son ma’lumotnomasi). Natijada «eroziya paleovodiylari» bilan bog‘liq litologik tutqichlar konturlarini aniqlash imkonini bergan;
«Neft` va gaz kollektor jinslarini fizik va petrografik usullar bilan aniqlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma» boshqaruv hujjati (RH 39.0-148:2015) «O‘zbekneftgaz» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2019 yil 7 yanvardagi 02-14/1-son ma’lumotnomasi). Natijada kollektor jinslarini fizik va petrografik usullar bilan tadqiq qilish sifatini yaxshilash imkonini bergan.