Muzaffarov Firuz Davronovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘azzoliyning inson haqidagi ta’limotining ilmiy-falsafiy asoslari», 09.00.03–Falsafa tarixi (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal33.

Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.

Rasmiy opponentlar: Shodiev Rustam Tohirovich, falsafa fanlari doktori, professor; Zohidov Abduqodir, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: G‘azzoliyninginson haqidagi ta’limotini yangi manbalar va zamonaviy yondashuvlar asosida tadqiq etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

G‘azzoliyning inson kamoloti haqidagi «komil inson», «ulug‘ inson», «fozil inson» haqidagi qarashlari va «muroqaba», «shikasta-nafslik», «pok qalb» va «fahm-idrok» kabi komil insonning sifatlari hozirgi davr yoshlar tarbiyasiga ta’siri ko‘rsatib berilgan;

G‘azzoliyning inson bilish faoliyati haqidagi ta’limoti aql, his-tuyg‘u, ratsional tafakkur, ilmni egallash va unga amal qilish kabi tushunchalar orqali ochib berilgan;

G‘azzoliyning «Ihyou ulumi-d-din» asaridagi ma’naviy-ruhoniy, diniy-irfoniy  qarashlari «ommaviy madaniyat» va turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda mustahkam immunitetni shakllantirishi asoslangan;

G‘azzoliy asarlaridagi hurfikrlilikka, ilmli bo‘lishga chorlovchi g‘oya va falsafiy qarashlari diniy aqidaparastlik, ekstremizm g‘oyalariga qarshi kurashuvchanlik xususiyati ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

G‘azzoliyning inson haqidagi ta’limotining ilmiy-falsafiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, o‘z-o‘zini bilishni o‘rgatish va ularning barkamol bo‘lib kamol topishlari uchun ekspozisiyalarning ekskursiya matnlarini va etiketlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitish asosida Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi, Ark o‘lkashunoslik muzeyida amaliyotga tatbiq etilgan (Madaniyat vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 01-11-08-5280-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy tadqiqot natijalari Buxoro davlat muzey qo‘riqxona «Hujjatlar va fonoteka» fondini boyitgan;

yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblarni, shu jumladan elektron asarlarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy hamda axborot- kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan diniy ekstremizm, terrorizm, «ommaviy madaniyat» va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish yo‘nalishi doirasidagi tadbirlarni kuchaytirishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 6 noyabrdagi 0413/5755-son ma’lumotnomasi). Bu natijalar yoshlarda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga va ularni bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan;

ilmiy-ma’rifiy, falsafiy ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi PQ-3721-son  «Buyuk allomalar adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini targ‘ib etish to‘g‘risi»gi  Qarori ijrosi bo‘yicha maqsadli tayyorlangan «G‘azzoliy insonga oid ta’limotining ilmiy-falsafiy asoslari», «Muhammad G‘azzoliyning tasavvufiy axloq falsafasi» nomli risola va monografiyalarda, shuningdek, Buxoro viloyatidagi Bahouddin Naqshband majmuasi qoshida ilk bor ochilgan «Tasavvuf» ilmiy maktabining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018 yil 23 noyabrdagi 6358-son ma’lumotnomasi). Natijada G‘azzoliyning antropologik ta’limoti va uning umumtasavvufiy mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, yuksak gumanistik g‘oyalarga asoslangan boy ma’naviy merosi, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan  hissasiga aloqador shu vaqtgacha noma’lum bo‘lgan jihatlarni to‘ldirishga xizmat qilgan; 

tadqiqot natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining «2018 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi»ning VII bob «Ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari» 55-bandi «Buyuk allomalarimiz mashhur asarlarining qisqacha sharhi va mazmunini ochib beruvchi Mobil ilova yaratish va ishga tushirish»da foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 14 yanvardagi 02/09-31-19-son ma’lumtnomasi). Natijada yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va mehnatsevarlik tuyg‘ularining rivojlanishida, ogohlik, hushyorlik kabi komil inson mezonlarini shakllantirishda ijobiy ta’siri e’tirof etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish