Inagamova Mafura Muxtarxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayol huquqlarini himoya qilishda ichki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish», 12.00.01–Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu141.
Ilmiy rahbar: Yakubov Shuxrat Ummatalievich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Odilqoriev Xojimurod To‘xtamurodovich, yuridik fanlar doktori, professor; Yusupova Nigora Jaloliddin qizi, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayol huquqlarini himoya qilishda ichki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollar huquqlariga differensial yondashuv asosida ichki ishlar organlarining ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida ta’lim olayotgan qizlarning huquqiy maqomini aniq belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarga ularning yoshlariga doir tuzatishlar kiritish zarurligi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalariga keltirilgan homilador, ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni qo‘shimcha ravishda bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, bolaning aynan shu ayolga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatini saqlashning ichki tartib-qoidalarini shakllantirishda ayol huquqlari ta’minlanishining ahamiyati amaliy jihatdan asoslantirilgan;
ma’muriy qamoqqa olingan va saqlanayotgan ayollarning huquqlarini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, xususan ayollarni joylashtirish va saqlash, ularning moddiy-maishiy ta’minotining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini qonunda aniq aks ettirish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayol huquqlarini himoya qilishda ichki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ayollar huquqlariga differensial yondashuv asosida ichki ishlar organlarining ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida ta’lim olayotgan qizlarning huquqiy maqomini normativ-huquqiy hujjatlarda aniq belgilashga oid takliflar 2017 yil 14 martdagi PQ–2833-sonli «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining 2018 yil 26 maydagi 26/5-1469-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish normativ-huquqiy hujjatlarda ichki ishlar organlarining ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida ta’lim olayotgan qiz bolalarning huquqiy maqomini aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida ayollarni, xususan, homilador hamda yosh bolali ayollarni saqlashning ichki tartib-qoidalari, xususan, ayollar uchun ajratiladigan maydon hajmi, ularga beriladigan shaxsiy-gigiena vositalari turlari, ayollarni joylashtirishda taqdim etiladigan hujjatlar va boshqa talablar 2017 yil 14 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib-qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 171-sonli buyrug‘ini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasining 2018 yil 19 iyundagi 15/2027-son ma’lmuotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida ayollarni, xususan, homilador hamda yosh bolali ayollarni saqlashning ichki tartib-qoidalari, ya’ni, ayollar uchun ajratiladigan maydon hajmini aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
ma’muriy qamoqqa olingan ayollarni joylashtirish va saqlash, ularning moddiy-maishiy ta’minotiga oid takliflardan «Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 25 yanvardagi 06/1-05/978-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish qonunda ma’muriy qamoqqa olingan ayollarni joylashtirish va saqlash tartibini belgilanishiga xizmat qilgan.