Muydinov Dilshod Najmiddinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi zamon migratsion jarayonlarning jamiyat barqarorligiga ta’siri (Germaniya Federativ Respublikasi misolida)», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ss74.

Ilmiy rahbar: Paxrutdinov Shukritdin Il`yasovich, siyosiy fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.08.

Rasmiy opponentlar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor;Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammatroziq o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy siyosiy amaliyotda namoyon bo‘layotgan migratsiya muammosi bilan bog‘liq transformatsiya jarayonlarini Germaniya misolida tadqiq qilib, mamlakatimiz manfaatlaridan kelib chiqqan holda migratsiyani tartibga solish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

migratsiya hodisasining siyosiy barqarorlik omiliga ta’siri bilan bog‘liq zamonaviy konsepsiyalar komparavistik nuqtai nazardan o‘rganilgan hamda bugungi murakkab va ziddiyatli davrda ko‘pchilik insonlar uchun majburiy migratsiya global tahdidlarning salbiy oqibati ekanligi, ya’ni “so‘ngi chora” bo‘lib qolayotganligi ilmiy asoslangan;

zamonaviy migratsiya jarayonlari bilan bog‘liq muammolar echimiga oid samarali migratsiya siyosatini amalga oshirishga doir ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan hamda umumjahon migratsiya siyosati tushunchasining ta’rifi mental xususiyatlar asosida takomillashtirilgan;

globallashuvning migrantlar yuboruvchi va qabul qiluvchi mamlakatlar ijtimoiy hayotiga o‘ziga xos tarzda, ya’ni konstruktiv va destruktiv ta’sir ko‘rsatayotganligi ilmiy asoslangan;

ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholining turmush darajasini muntazam oshirib borish yo‘lidagi davlatning preventiv siyosati majburiy migratsiyaning oldini oluvchi asosiy omillardan biri ekanligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Hozirgi zamon migratsion jarayonlarning jamiyat barqarorligiga ta’siri bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:

migratsiya to‘g‘risidagi mavjud xalqaro qonunchilikni tahlil qilish, migratsiya bilan bog‘liq siyosiy-ijtimoiy muammolarning tahlili, migratsiya hodisasi va uning siyosiy barqarorlik omiliga ta’siri bilan bog‘liq zamonaviy konsepsiyalar komparavistik tahlili hamda majburiy migratsiya global tahdidlarning salbiy oqibati to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha Vakil(Ombudsman)ning qonun ijodkorligi, xalqaro hamkorlik hamda targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishidagi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha Vakil (Ombudsman)ning 2019 yil 26 apreldagi 01-07/124-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha Vakil (Ombudsman) va Rossiya Ombudsmanlari o‘rtasida imzolangan “O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida” Memorandum matnini tayyorlashda hamda ishlab chiqishda yaqindan yordam bergan;

migratsiya va mobillikning globallashuv sharoitida ortib borishi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholining turmush darajasini muntazam oshirib borish yo‘lidagi davlatning preventiv siyosati majburiy migratsiyaning oldini oluvchi asosiy omillardan biri ekanligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatiga doir qonun hujjatlari loyihalari, hisobotlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 12 fevraldagi 01/00-04/11-1085-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati samaradorligini oshirish imkonini bergan;

zamonaviy migratsiya jarayonlari bilan bog‘liq muammolar echimiga oid samarali migratsiya siyosatini amalga oshirishga hamda umumjahon migratsiya siyosatiga doir ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasining qonun ijodkorligi, ya’ni “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasining 2019 yil 25 yanvardagi 04/3-01-TShM-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar, migratsiya hodisasining pozitiv asoslarini yaratish bo‘yicha Germaniya davlati amaliyotida katta hajmdagi tajribalari borasidagi yangi g‘oya va takliflar ishlab chiqishga xizmat qilgan;

davlatlar uchun xalqaro huquqiy hamkorlikni ko‘chaytirish va shu asosda jarayonni boshqarish zarurati oshganligi, globallashuvning migrantlar yuboruvchi va qabul qiluvchi mamlakatlar ijtimoiy hayotiga o‘ziga xos tarzda, ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijalari, xulosalari va amaliy tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, nazorat-tahlil yo‘nalishdagi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 12 fevraldagi 01/00-04/11-1085-son ma’lumotnomasi). Rejali va nazoratli migratsiya tizimini yo‘lga qo‘yish, mamlakatdagi immigrantlarning jamiyatga adaptatsiyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarning muammolari borasida yangi g‘oya va takliflar ishlab chiqish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish