Mirzaaxmedov Kamoliddin Mansurjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda davlat boshqaruvi jarayonlarini demokratlashtirish evolyusiyasi», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ss7.
Ilmiy rahbar: Quranbaev Qahramon Qo‘chqorovich, siyosiy fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Umarov Xayrulla Payzullaevich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirishda boshqaruvning innovatsion texnologiyalarini joriy etish borasidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat boshqaruvini demokratlashtirishda institusional loyihalashtirish, funksional tuzilma, siyosiy modernizatsiya kabi modellar qiyosiy tahlil qilinib, nomarkazlashtirish jarayonida hokimiyat funksiyasi va vakolatlarini muvofiqlashtirish boshqaruv dinamikasini (o‘zgarish, rivojlanish, barqarorlik) ta’minlashi asoslangan;
O‘zbekistonda davlat boshqaruvini demokratlashtirishning institusional ma’muriy uslublari sifat menejmentining boshqaruvda optimal qarorlar qabul qilish (ma’muriy intizomni qo‘llash), resurslarni oqilona taqsimlash (xarajatlarni minimallashtirish), shaffof siyosiy mobilizatsiya usullari asosida takomillashtirilgan;
davlat xizmatlari sifat darajasini oshirishga qaratilgan zamonaviy “autsorsing” va “kontrakting aut” uslublaridan davlat boshqaruvi tizimida samarali foydalanishning sektorlararo sheriklik mexanizmlari (boshqaruvda tashqi resurslardan foydalanish, infratuzilmani saqlash, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash) ochib berilgan;
davlat hokimiyati organlari funksional faoliyatida ilmiy-uslubiy, axborot-kommunikatsion, ijtimoiy, tashkiliy ko‘rsatkichlarining boshqaruv tizimi innovatsion rivojlanish tendensiyalariga pozitiv ta’siri ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda davlat boshqaruvi jarayonlarini demokratlashtirish evolyusiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va asoslangan xulosalar asosida:
davlat boshqaruvini demokratlashtirishning innovatsion usullariga doir tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017–-2018 yillarga mo‘ljallangan ish rejasini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil 9 oktyabrdagi 01/03-875-son ma’lumotnomasi). Davlat va mahalliy boshqaruv organlari xizmat faoliyatini baholashning sifat menejmenti ko‘rsatkichlarini joriy etish muhokamasiga ekspertlar va faol ilmiy qatlam vakillarini markazga jalb qilinishiga xizmat qilgan;
boshqaruv tizimida fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni hamda boshqaruvchi kadrlar tizimini yanada takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 3 yanvardagi 01-03/18-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil uchun mo‘ljallangan yillik ish rejasi 46,74,78-bandlarini amalga oshirish bo‘yicha mexanizmlarini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashning 2017 yil 29 sentyabrdagi 04-13/1227-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozisiya ega, tashabbuskor, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish kabi strategik vazifalar yo‘nalishini belgilash hamda tizim tashkilotlarining ish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
davlat boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida institusional loyhalashtirish, evolyusiya, siyosiy institutlarni joriy etish va tartibga solish kabi samarali boshqaruv modellarining qiyosiy tahlilidan, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini optimallashtirishni ta’minlaydigan innovatsion usullar: zamonaviy davlat menejmenti, strategik rejalashtirish, “autsorsing” va “kontrakting aut” usullarini joriy etishning siyosiy texnologiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2018–2019 o‘quv yili to‘rt oylik qayta tayyorlash kurslari tinglovchilariga “Strategik menejment” kafedrasi kesimida o‘qitiladigan fanlarning ishchi o‘quv dasturlari va axborot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2019 yil 9 apreldagi 01/54-01-son ma’lumotnomasi). Mazkur innovatsion usul va texnologiyalar, institutda ta’lim sifatini oshishiga, tinglovchilarning boshqaruv mahorati va san’atini puxta o‘zlashtirishi hamda boshqaruvning yangi usul va shakllarini amaliyotga joriy qilishiga, institut doirasida ilmiy seminarlar, konferensiya dasturlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
dissertatsiyaning ilmiy yangiligi hisoblangan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining maqsadlariga erishish, davlat boshqaruvining mutlaqo yangi, samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratish borasidagi qabul qilingan “Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi”da belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishning siyosiy mexanizmlari borasidagi davlat hokimiyati organlarining siyosiy, huquqiy funksiyalarini aniqlashga qaratilgan xulosalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida chora-tadbirlar dasturini tayyorlashda nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 25 maydagi 11/260-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodika mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan demokratik institutlar reytingini shakllantirishda, ularning faoliyat “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqilishi va joriy etilishida ko‘maklashgan hamda davlat bilan xalq o‘rtasida muloqot maydonini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
“Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi” belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish uchun tatqiqotchi tomonidan dissertatsiya ishida professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish yuzasidan taklif etilgan siyosiy texnologiyalarni tadbiq etish borasidagi ilmiy xulosalaridan “Taraqqiyot strategiyasi markazi”ning tegishli yo‘nalishlari bilan bog‘liq axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda hamda amaliy jihatdan tizimli tahlil qilish jarayonida foydalanilgan (“Taraqqiyot strategiyasi markazi”ning 2018 yil 28 maydagi 0736/18-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tahlillar: davlat boshqaruvi tizimini nomarkazlashtirishga qaratilgan boshqaruvning innovatsion usullari, shakllari hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va davlat xizmatiga jalb etishning sheriklik tizimini yo‘lga qo‘yish kabi mexanizmlardan, markaz amaliyotida, jumladan, boshqaruvda sektorlararo namunaviy institusional tuzilmalarning markaziy va hududiy strukturasini ishlab chiqilishida keng foydalanilgan.