Mirametova Nadira Purxanatdinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yidagi bolalar organizmining adaptiv reaksiyalari xususiyatlarining ekologik va fiziologik tasnifi», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B73.

Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.30.08.2018.B.02.08.

Rasmiy opponentlar: Qurbanov Shoniyoz Qurbanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Bazarov Bahriddin Mahamadievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi mintaqasining turli tumanlari ekologik sharoitlarini aniqlash va ularning ta’siri natijasida bolalar organizmidagi adaptiv reaksiyalari xususiyatlarini tavsiflashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Janubiy Orolbo‘yining noqulay ekologik sharoitida yashovchi bolalar organizmini antropometrik ko‘rsatkichlarida yoshga va yashash joyiga bog‘liq holdagi farqlar mavjudligi aniqlangan;

ilk bor noparametrik uslub asosida Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarning o‘sishi va rivojlanishi jarayonida ular organizmida yuz beradigan tana vazni va bo‘ylari bo‘yicha o‘zgarishlar ovqatlanish me’yori bilan bog‘liq emasligi isbotlangan;

ilk bor qiyosiy kardiorespirator ko‘rsatkichlar tahlili asosida bolalar yuragi ishini boshqarilishining adaptatsion-kompensatorli mexanizmlari kuchlantirishi mavjudligini isbotlovchi gipersimpatikotonik reaktivlik aniqlangan;

Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalar organizmi yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari funksiyalari ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi tumanlar kesimidagi fiziko-geografik va ekologik sharoitlarga bog‘liq ekani aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Janubiy Orolbo‘yidagi bolalar organizmining adaptiv reaksiyalari xususiyatlarining ekologik va fiziologik tasnifi bo‘yichaolingan ilmiy natijalar asosida:

Janubiy Orolbo‘yi mintaqasining hozirgi ekologik holati haqidagi ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Janubiy Orolbo‘yi mintaqada yashovchi bolalarning adaptatsion moslashuv imkoniyatlari darajalarini monitoring qilishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 2 noyabrdagi 01-01/1-3638-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida atrof-muhitni muhafaza qilish va aholi salomatligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan mintaqaviy maqsadli ekologik dasturlar ishlab chiqish imkonini bergan;

Janubiy Orolbo‘yi mintaqasi bolalar organizmining yurak-qon tomir va nafas olish tizimlaridagi o‘zgarishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli tashkilotlarda mintaqaning ekologik vaziyatga bog‘liq engillashtirishda va inson organizmiga salbiy ta’sirlarni kamaytirish tadbirlarini amalga oshirishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 noyabrdagi 01/5010-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy Orolbo‘yi sharoitida bolalarning jismoniy rivojlanishi va kardiorespirator tizimi funksional holati bo‘yicha regional normativlarni ishlab chiqish imkonini bergan;

Janubiy Orolbo‘yi mintaqasi noqulay ekologik sharoitida yashaydigan bolalarning yoshi va yashash joyiga bog‘liq holda antropometrik ko‘rsatkichlaridagi farqlari F.12-14 raqamli “Orol dengizining postakval qurishida tuzlarning to‘planish dinamikasini matematik modellashtirish usuli bilan tadqiq qilish” fundamental loyihasida bolalar organizmida yurak-qon tomir va nafas olish tizimining adaptivlik funksiyasini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 11 martdagi 17.01/27-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy Orolbo‘yining tumanlari kesimida fiziko-geografik va ekologik yashash sharoitiga bog‘liqligini va bolalarning me’yoriy ovqatlanishini noparametrik uslub bilan tana vazni va bo‘y uzunligining o‘zaro nisbatini aniqlashda foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish