Xushvaqtov Tuychi Suvanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agrofizika fani mazmuni va  o‘qitishni innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish (qishloq xo‘jalik oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02–Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped389.

Ilmiy rahbar: [Mirzaxmedov Botir Mirzaraximovich], pedagogika fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari  doktori,  professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami:O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiyasi instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.

Rasmiy opponentlar: Nasriddinov Komiljon Raxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ibraymov Asqar Esbosinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Yetakchi tashkilot:  Guliston davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jalik oliyta’lim muassasalaridaAgrofizika” fani mazmuni va uni o‘qitish metodikasini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirishdan iborat.

III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qishloq xo‘jalik oliy ta’lim muassasalarida agrofizika mazmunini ichki va tashqi fanlararo aloqadorlik asosida takomillashtirish orqali zamonaviy ta’lim texnologiyalarining yaxlitlik, variativlik, interfaollik, fundamentallashuvlik, kasbiy yo‘nalganlik, axborot ta’minoti  tamoyillari asosida joriy etish imkoniyatlari aniqlangan;

agrofizikadan noan’aviy ma’ruza (ma’ruza-maslahat, xatoli ma’ruza, ma’ruza-vizuallashtirish), innovatsion seminar va amaliy kasbiy masalalarni echish bo‘yicha mujassam mashg‘ulotlarni loyihalash texnologiyasi umumtizimiy resurslar majmuasi, agromunosabatlar va tashxislash mezonlari asosida takomillashtirilgan;

agrofizikani o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llash algortmini takomillashgtirish asosida o‘quv ma’lumotlarini virtual laboratoriyalar sharoitida ko‘rgazmali-obrazli tarzda havola etishni texnologiyalashtirish metodi ishlab chiqilgan;

“Agrofizika” fani mazmuni va uni o‘qitishga qo‘yilayotgan zamonaviy didaktik va metodik talablar asosida o‘quv materiallaridan variativ foydalanish imkonini beruvchi agrofizik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishning interfaol texnologiyasi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

“Agrofizika” fani mazmuni va o‘qitishni innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:

qishloq xo‘jalik oliy ta’lim muassasalarida agrofizika ta’limi mazmunini ichki va tashqi fanlararo aloqadorlik asosida takomillashtirish orqali “Agrofizika” nomli o‘quv qo‘llanmani zamonaviy ta’lim texnologiyalarining yaxlitlik, variativlik, interfaollik, fundamental­lashuvlik, kasbiy yo‘nalganlik, axborot ta’minoti  tamoyillari asosida o‘rganish metodikasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustda 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Kasb ta’limi” (Agronomiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini takomillashtirish va umumkasbiy fanlar bo‘yicha virtual laboratoriya yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 maydagi 89-03-1386-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning o‘quv-uslubiy  majmuasi ta’minotini takomillashtirish, nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma va malakalarilarini rivojlantirish imkoniyatini yaratgan;

agrofizikadan noan’aviy ma’ruza innovatsion seminar va amaliy kasbiy masalalarni echish bo‘yicha mujassam mashg‘ulotlarni loyihalash texnologiyasini umumtizimiy resurslar majmuasi, agromunosabatlar va tashxislash mezonlari asosida takomillashtirish, ta’lim jarayonida integrativ namoyishli tajribalardan foydalanishga oid takliflar asosida “Agrofizika” fanining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zstandart” agentligi tomonidan O’z.DSt 2015. 36.2007 raqami bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 fevraldagi 89-03-770-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar qishloq xo‘jalik oliy ta’lim muassasalari talabalarining agrofizik bilimlari, intellektual salohiyati va kasbiy madaniyatini rivojlantirishga  xizmat qilgan;

agrofizikani o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llash algortmini takomillashtirish asosida o‘quv ma’lumotlarini virtual laboratoriyalar sharoitida ko‘rgazmali-obrazli tarzda havola etishni texnologiyalashtirish metodi,  “Agrofizika” fani mazmuni va uni o‘qitishga qo‘yilayotgan zamonaviy didaktik va metodik talablar asosida o‘quv materiallaridan variativ foydalanish imkonini beruvchi agrofizik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishning interfaol texnologiyasi Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti, Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali ta’lim jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 apreldagi 89-03-1453-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida talabalarning “Agrofizika” fanidagi o‘quv materiallarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish