Xaytullaeva Nafisa Saxobiddinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini metodik tayyorlash tizimida Web-texnologiyalardan foydalanish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Ped353.

Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.

Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ziyoviddin Xabibovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ergashov Muxammadrasul, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini metodik tayyorlash tizimini Web 2.0/3.0 texnologiyalardan foydalanish asosida takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining Web-texnologiyalarni qo‘llash kompetentligi mazmuni hamda shakllan ganlik darajalari Web 2.0/3.0 texnologiyalarining adaptivlik, semantiklik va hamkorlikda ishlash ta’limiy imkoniyatlaridan kelib chiqib Web-kuzatuvchi (Web-looker), Web-foydalanuvchi (Web-user), Web-yaratuvchi (Web-creator) komponentlarini kiritish orqali aniqlashtirilgan;

“Informatika o‘qitish metodikasi” kursining mazmuni, o‘qitish usul va vositalari Web 2.0/3.0 xizmatlariga asoslangan hamkorlikda tarmoq ta’lim resurslari, interfaol mul`timedia vositalari, intellektual bilimlar xaritasi hamda on-layn test topshiriqlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;

“Informatika o‘qitish metodikasi” kursiga doir adaptiv tarmoq ta’lim resurslarini yaratish texnologiyasi Calameo, Cacoo, Zondle, QuestBase, Linoit, Stixy, Glogster, Learningapps va Mindmeister Web 2.0/3.0 xizmatlarini  kiritish asosida takomillashtirilgan;

pedagogika oliy ta’lim muassasalarida malakaviy (pedagogik) amaliyotni tashkil etish va boshqarish mexanizmi masofadan turib kompyuter yoki mobil` texnologiyalar yordamida boshqariluvchi Web 2.0/3.0 texnologiyalarga asoslangan elektron taqvim, elektron kundalik, elektron dars tahlili, elektron dars ishlanmalari asosida boyitilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini metodik tayyorlash tizimida Web-texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining Web-texnologiyalarni qo‘llash kompetentligi mazmuni hamda shakllanganlik darajalari “5110700-Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga kiritilgan (2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 89-03-3702-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning Web-texnologiyalarga doir bilim, ko‘nikma va kompetensiyalari shakllangan hamda ta’limni axborotlashtirish sharoitida o‘qitish camaradorligining oshishiga erishilgan;

Web 2.0/3.0 xizmatlariga asoslangan hamkorlikda tarmoq ta’lim resurslari, interfaol mul`timedia vositalari, intellektual bilimlar xaritasi “Informatika” nomli o‘quv qo‘llanmada aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 2 fevraldagi 32-159-raqamli guvohnomasi). Mazkur materiallar pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining Internet texnologiyalardan samarali foydalanishning metodik imkoniyatlarini  kengaytirgan;

pedagogika oliy ta’lim muassasalarida malakaviy (pedagogik) amaliyotni tashkil etish va boshqarish mexanizmi masofadan turib kompyuter yoki mobil` texnologiyalar yordamida boshqariluvchi Web 2.0/3.0 texnologiyalarga asoslangan elektron taqvim, elektron kundalik, elektron dars tahlili, elektron dars ishlanmalari  “5110700-Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishida malakaviy (pedagogik) amaliyotini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 89-03-3702-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini orttirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish