Yuldoshev Ismoil Abrievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarmoq texnologisi asosida «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirish (kasb-hunar kollejlari misolida)», 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped125.
Ilmiy rahbar: Abduqodirov Abduqahhor Abduvakil`evich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017/Ped01.09.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaev Mahmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Shoymardonov Tuymurod Turdialievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini tarmoq texnologiyasi asosida o‘qitish metodikasi samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarmoqda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlari tarmoq xizmatlari (fayl-server, proksi-server va boshqarish) orqali mantiqiy va algoritmik axborot almashinuvining tashkiliy tuzilmasini (maqsad, funksiya, jarayon, natija, xulosa) belgilash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan axborot ob’ektlari va o‘zaro aloqasi, axborotlar bilan ishlashga oid qobiliyatlarini (psixologik, metodik, kommunikativ, fikrlash) rivojlantirish jarayonlari tarmoq texnologiyasining individuallashtirish xususiyatlari (shaxsga yo‘nalganlik, yakka munosabat, alohida muloqot) mazmunini baholashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘qitishning yakka va guruhli o‘quv shakllariga mo‘ljallangan pedagogik texnologiyalarning (Case-study, Blis-so‘rov, Rezyume, Tushunchalar tahlili) tuzilmasi tarmoq texnologiyalariga oid bilim darajasini aniqlash mezonlari (bajarish, izlash, tasavvur, foydalanish, sozlash)ni kiritish asosida takomillashtirilgan;
kasb-hunar kollejlarida fanni o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti (o‘quv va uslubiy qo‘llanma, virtual maydoncha) MOODLE tizimining virtual o‘quv muhitini tashkil etish imkoniyatlaridan foydalanish (loyihalash, sinxron va asinxron aloqa, interfaol muloqot, virtual maslahat) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarmoq texnologiyasi asosida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasi takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarmoqda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlari, tarmoq xizmatlari (fayl-server, proksi-server va boshqarish), mantiqiy va algoritmik axborot almashinuvining tashkiliy tarkibi (maqsad, funksiya, jarayon, natija, xulosa)ga oid taklif va tavsiyalardan Yo0-A1-009 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarish va uning ilmiy xulosalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 20 noyabrdagi 89-03-2471-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar va tavsiyalar o‘quvchilar tarmoqda axborotlar ustida ishlash, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha dars mashg‘ulotlarining loyihalari va axborot-uslubiy ta’minotini ishlab chiqishda xizmat qilgan;
o‘quvchilarning “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan axborot ob’ektlari va o‘zaro aloqasi, axborotlar bilan ishlashga oid qobiliyatlari, o‘qitishning yakka va guruhli o‘quv shakllariga mo‘ljallangan pedagogik texnologiyalarning tuzilmasiga oid takliflari “Aniq fanlarni o‘qitishda keys texnologiyasidan foydalanish uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 89-03-1458-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanma informatika fani o‘qituvchilarini tayyorlash, ularning malakalarini oshirish bo‘yicha uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
MOODLE tizimining virtual o‘quv muhitini tashkil etish imkoniyatlari (loyihalash, sinxron va asinxron aloqa, interfaol muloqot, virtual maslahat), tarmoq texnologiyasining individuallashtirish xususiyatlariga (shaxsga yo‘nalganlik, yakka munosabat, alohida muloqot), tarmoq texnologiyalariga oid bilimlarni baholash mezonlariga oid takliflar kasb-hunar kollejlari uchun “Informatika o‘qitish metodikasi (lokal va global tarmoqlar asosida)” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma va dars ishlanmalarni tayyorlash, on-line dars mashg‘ulotlarini loyihalash va o‘quv jarayoniga joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 89-03-1458-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar o‘rtasida interfaol aloqani ta’minlash, ularning bilimlarini nazorat qilish, o‘quv jarayonini metodik ta’minlash imkoniyati yuzaga kelgan.