Ibodova Mahfuza Namozovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biologiyadan o‘quvchilarning muctaqil ishlarini axborot resurslari vositasida takomillashtirish metodikasi (akademik liseylar misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped614.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Said-Nosir Said-Burxanovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Davranov Qahramon, biologiya fanlari doktori, professor; Abdieva Oyjamol Tashboevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: biologiya fanidan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda axborot resurlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashtirish, o‘quvchilarning mustaqil o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biologiyadan o‘quvchilar mustaqil ishini tashkil etishning didaktik maqsadli bosqichlari (reproduktiv, produktiv, izlanishli, ijodiy) mazmuni mustaqil o‘quv faoliyati elementlarini Blum taksonomiyasi yo‘nalishlariga muvofiq guruhlash asosida aniqlashtirilgan;
muctaqil o‘quv faoliyatini axborot resurslari vositasida loyihalashtirish jarayoni elektron axborot muhitida ishlashga oid diagnostik (tayyorgarlik, tayyorlik, amaliyot) va tashkiliy-texnologik (bosqich, metod, shart-sharoit, shakl) komponentlar darajalarini tahlillashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil ishlarini (vaziyat tahlili, faraz, qo‘llash, dalillash, tekshirish) tashkil etish metodikasi o‘qitishda turli biologik organizmlar tuzilishi va xususiyatlarini qiyosiy solishtirishga yo‘naltirilgan axborot resurs vositalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
laboratoriya ishlarini mustaqil o‘rganishga yo‘naltirilgan axborot resurslari biologik jarayonlarga oid o‘quv materiallarini verbal, grafikli, animatsion va taktilligiga ko‘ra virtual loyihalashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biologiyadan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini axborot resurslari vositasida takomillashtirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
biologiyadan o‘quvchilar mustaqil ishini tashkil etishning didaktik maqsadli bosqichlari, mustaqil o‘quv faoliyati elementlarini Blum taksonomiyasi yo‘nalishlariga muvofiq guruhlashga oid takliflari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori bilan tasdiqlangan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 martdagi 89-03-1027-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’lim standarti biologiya fanidan o‘quvchilarning xususiy kompetensiyalari tarkibini tizimlashtirish hamda o‘quv mazmunini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
muctaqil o‘quv faoliyatini axborot resurslari vositasida loyihalashtirish, elektron axborot muhitida ishlashga oid diagnostik va tashkiliy-texnologik komponentlar, mustaqil ishlarni tashkil etish metodikasi, biologik organizmlar tuzilishi va xususiyatlarini qiyosiy solishtirishga oid taklif va tavsiyalardan A-1-230 raqamli “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” darsligi va “Ekologik o‘lkashunoslik” o‘quv-metodik qo‘llanmasini tayyorlash” (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 martdagi 89-03-1027-son ma’lumotnomasi). Natijada biologiyadan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini axborot texnologiyalari asosida joriy etish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
laboratoriya ishlarini mustaqil o‘rganishga yo‘naltirilgan axborot resurslari, biologik jarayonlarga oid o‘quv materiallari, verbal, grafikli, animatsion va taktilligiga ko‘ra virtual loyihalashtirishga oid takliflari asosida “Biologiyadan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-buyrug‘i, 394-299 guvohnomasi). Ushbu qo‘llanma biologiyadan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish, pedagoglar kasbiy kompetensiyalari darajalarini oshirishga xizmat qilgan.