Alimova Durdona Dil`muratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali rinosinusitlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib325.
Ilmiy rahbar: Amonov Shavkat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Tulebaev Reys Kajkenovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Qozog‘iston Respublikasi FA akademigi; Shamsiev Djaxangir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: DFBM Sankt-Peterburg quloq, tomoq, burun va nutq ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish asosida bolalardagi surunkali rinosinusitlarni kompleks davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalardagi surunkali rinosinusitda burun va burun-halqum patologiyasini polipozli va polipozsiz turlarida erta jarrohlik yo‘li bilan bartaraf qilish zarurati asoslangan;
surunkali rinosinusitda T-hujayraviy tizim faoliyatining susayishi va gumoral immunitetning faollashuvi, interleykinlar miqdorining oshishi bilan kechuvchi immun tizimidagi nomutanosiblik bo‘lishi isbotlangan;
etiologik omilga qarab rinosinusitning surunkali shaklida burun bo‘shlig‘i va burun yondosh bo‘shliqlari shilliq qavati hilpillovchi epiteliysi epitelial qavatining hujayraviy tarkibi noturg‘un bo‘lishi asoslangan;
bolalardagi SRSni kompleks davolash usullarini qo‘llashda samaradorlik mezonlari belgilanib, bosqichli va optimal davolash usullarining ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda surunkali rinosinusitlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalardagi surunkali rinosinusitlarni davolash samaradorligini oshirish usuli» nomli uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 29 dekabrdagi 8H-r/361-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali rinosinusitlarga chalingan bolalarda kasallik etiologik holati, kechishi xususiyatlarini inobatga olgan holda dori vositalarini to‘g‘ri tanlash va davolashni takomillashtirish imkonini bergan;
surunkali rinosinusitlarni kompleks davolashda «Bolalardagi surunkali rinosinusitlarni o‘ziga xosligi» nomli uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 10 iyuldagi 8n-r/180-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy qo‘llanma surunkali rinosinusitlarni konservativ va xirurik davolashning optimal usullarini tanlashga va kasallikning oldini olishga xizmat qilgan;
bolalarda surunkali rinosinusitlarni tashxislash va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va 7-shahar klinik shifoxonasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 10 avgustdagi 8n-d/170-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshirgan, bemorni erta faollashtirish va shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish hisobiga shifoxonada ketadigan xarajatlarni tejashga imkon bergan.