Matyoqubov Nurbek Rustamovichning

falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtomatik boshqaruv tizimlarining intellektual elektromagnit mexatron modullari», 05.01.06–Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T692.

Ilmiy rahbar: Nazarov Xayriddin Nuritdinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.

Rasmiy opponentlar: Nazarov Abdulaziz Mo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamajonov Alisher Mamajonovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p o‘lchamli avtomatik rostlash va boshqarish sistemalari uchun yuqori solishtirma kuchni hosil qilish hamda chiziqli va burchakli chiqish siljishlari to‘plamini olishga qodir bo‘lgan intellektual ko‘p koordinatali elektromagnitli mexatron modullar yordamida boshqarish algoritmlari va strukturaviy-rejimli modellarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ko‘p yuritmali ijro mexanizmlari o‘rniga bitta ko‘p koordinatali elektr magnitli moduldan foydalanishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;

ko‘p koordinatali elektr magnitli mexatron harakat modullarining strukturaviy sxemalari, ularni qurish tamoyillari ifodalangan va modellari ishlab chiqilgan;

elektr magnitli strukturada ilgarilanma-qaytma harakatlanish va tutish organlaridan foydalanib, chiziqli va burchakli koordinatalar to‘plamini olishni ta’minlaydigan ko‘p koordinatali elektr magnitli mexatron modulni qurish usuli ishlab chiqilgan;

elektr magnitli mexatron modulning elektrik, magnitli va mexanik qismlarini birlashtiruvchi komponentlarning tenglamalari va strukturasi haqidagi zaruriy axborotlarni geometrik yagona belgilarning tilida ifodalangan, matematik modellarini tuzishning muhandislik uslubiyati asoslangan strukturaviy-rejimli graflari ishlab chiqilgan;

intellektual ko‘p koordinatali elektr magnitli mexatron modullarni boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Elektr magnitli ko‘p koordinatali mexatron modullarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:

ko‘p koordinatali elektr magnitli mexatron modulning ilgarilanma-qaytma harakati va tutish organlaridan foydalanib, chiziqli va burchakli siljish koordinatalarini olishni ta’minlaydigan modul ishlab chiqilgan va “ONIKS–Toshkent” MChJda joriy qilingan («O‘ZELTEXSANOAT» AJning 2019 yil 16 apreldagi 06-302-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomatik rostlashning sifati oshgan;

intellektual ko‘p koordinatali elektr magnitli mexatron modullarni boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan va “ONIKS–Toshkent” MChJda joriy qilingan («O‘ZELTEXSANOAT» AJning 2019 yil 16 apreldagi 06-302-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot sifatini 10% oshirishga imkon bergan;

ko‘p koordinatali elektr magnitli harakat mexatron modullarini qurish tamoyillarini strukturaviy sxemasi va algoritmi ishlab chiqilgan va “ONIKS–Toshkent” MChJda joriy qilingan («O‘ZELTEXSANOAT» AJning 2019 yil 16 apreldagi 06-302-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarishda yaroqsiz mahsulot kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish