Qurbonov Zayniddin Oltinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipotaktik qurilma shakllanishining kognitiv-pragmatik xususiyatlari (hozirgi o‘zbek tili misolida)», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil489.
Ilmiy rahbar: Turniyazov Ne’mat Qayumovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘ofir Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori; Xudoyberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hozirgi o‘zbek tilida gipotaktik qurilmalarning kognitiv-pragmatik tilshunoslik tamoyillari asosida derivatsion xususiyatlarini tadqiq qilish hamda uning sintaktik semantika yo‘nalishidagi o‘ziga xos xususiyatlarini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipotaktik qurilmalar shakllanishining derivatsion jarayon bilan bog‘liq holdagi kognitiv-pragmatik asoslari va gipotaktik qurilma sathida ro‘y beruvchi ierarxik munosabat hamda qurilmaning mikromatn maqomi asoslangan;
derivatsion jarayonda shakllanuvchi sintaktik paradigma va ularga asoslanuvchi invariant qurilmaning kognitiv mohiyati ochib berilgan;
mikromatn shakllanishida sintaktik semantika hodisasining lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlar qurshovidagi holatlari dalillangan;
mikromatn ortida turuvchi nutqiy situatsiya va shu asosda shakllanuvchi xususiy hamda umumiy kognitiv modellarning qoliplari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipotaktik qurilma shakllanishining kognitiv-pragmatik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
parataktik, gipotaktik, mikromatn, kognitiv model, lokutiv, illokutiv, perlokutiv, polipredikativ, ustpredikativ, predikativ qurilma, operand, operator, derivat, dubl`operator, period, konsept, freym, mikrokonsept, propozisiya, makropropozisiya, lokal, global, diskurs, kabi tushunchalarni izohlashga oid xulosalar va tahlillardan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 89-03-32-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida hozirgi o‘zbek tilidagi gipotaktik qurilmalar shakllanishining kognitiv-pragmatik xususiyatlari haqidagi ayrim muammolar bartaraf etilgan;
gipotaktik qurilmalar shakllanishining kognitiv-pragmatik xususiyatlarini belgilash bo‘yicha to‘plangan materiallar, qo‘yilgan muammolarni tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosa va umumlashtirilgan fikrlar XT-F2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi fundamental loyihaga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 89-03-32-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar gipotaktik qurilma shakllanishining kognitiv pragmatik xususiyatlariga oid qarashlarning boyishiga xizmat qilgan.