Xo‘jamov Jo‘rabek Nayimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli zot va zotdorlikdagi sigirlarni sut mahsuldorligini oshirish yo‘llari», 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx191.

Ilmiy rahbar: Kaxarov Abdusattar, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti  va Samarqand veterinariya medisinasi instituti, PhD.30.08.2018.Qx.75.01.

Rasmiy opponentlar: Shakirov Qaxramon Juraboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Haydarov Qaxxor, qishloq xo‘jaligi fanlarinomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: golshtinlashtirilgan qora-ola va turli seleksiyaga mansub bo‘lgan Golshtin zotining nasl va mahsuldorlik xususiyatlarini takomollashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Samarqand viloyatining fermer xo‘jaliklari sharoitida golshtinlashtirilgan qora-ola va har xil seleksiyaga mansub sof zotli golshtin sigirlarining xo‘jalik-biologik xususiyatlari aniqlangan;

hayvonlarni ilmiy asoslangan me’yorlar bo‘yicha oziqlantirishning resurs tejamkor sanoat usullari takomillashtirilgan;

respublikaning issiq iqlim sharoitida golshtin zotining Germaniya, Pol`sha va Gollandiya seleksiyasiga mansub bo‘lgan sigirlarining sut mahsuldorligi qiyosiy baholangan;

sut mahsuldorligi bo‘yicha turli genotipli sigirlarning genetik potensialidan to‘liq foydalanish yo‘llari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Genetik kelib chiqishi bilan farq qilgan qoramollarni takomillashtirish va ularning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

Gollandiya, Germaniya va Pol`sha davlatlaridan olib kelingan golshtin zotiga mansub sigirlarning xo‘jalik foydali belgilari, nasl va mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilashning takomillashtirilgan texnologiyalari Tayloq tumani «Siyob Shavkat Orzu» qoramolchilik fermer xo‘jaligining «Elpok» qishloq fuqarolar yig‘inidagi birinchi fermasida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 12 apreldagi 02/17-494-son ma’lumotnomasi). Natijada Gollandiya, Germaniya va Pol`sha seleksiyasiga mansub bo‘lgan sigirlar sut mahsuldorligi qora-ola zoti I va II-bo‘g‘in avlodlar ko‘rsatkichlaridan tegishlicha 2,25; 1,79; 1,69 marta yuqori bo‘lgan, II-laktatsiyada esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 2,09; 1,60; 1,49 martani tashkil etgan;

golshtinlashgan qora-ola genotipli sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish, ayrim biologik va iste’mol qilingan ozuqasini sut bilan qoplash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiyalar Tayloq tumani «Siyob Shavkat Orzu» qoramolchilik fermer xo‘jaligining «Dehqonobod» qishloq fuqarolar yig‘inidagi ikkinchi qoramolchilik fermasida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 12 apreldagi 02/17-494-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir bosh sigirdan laktatsiya davomida olingan sof foyda I-laktatsiyada 52,3-4952,6 ming so‘mni, rentabellik darajasi 0,6-32,3 foizni, II-laktatsiyada esa 38,8-2986,5 ming so‘mni va 0,4-17,6 foizni tashkil etgan;

turli seleksiyaga mansub golshtin zotli sigirlar sutining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashning takomillashtirilgan texnologiyasi Jomboy tumanidagi «PUREMILKY PRODUCTS» qoramolchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 12 apreldagi 02/17-494-son ma’lumotnomasi). Natijada I-laktatsiyada sigirlar suti tarkibidagi yog‘ ko‘rsatkichi 0,13; 0,12; 0,09 foizga va oqsil ko‘rsatkichi 0,04; 0,03; 0,03 foizga oshishiga imkon yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish