Toshov Xurshid Ilxomovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Germetizm g‘oyalarining shakllanish qonuniyatlari va transformatsiyasi», 09.00.03–Falsafa tarixi (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/F106.

Ilmiy rahbar: Madaeva Shahnoza Omanullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimjonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Ramatov Jumaniyoz Sultanovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: germetizm g‘oyalarining shakllanish bosqichlari va qonuniyatlarini, uning falsafa, din, fan, san’at singari ijtimoiy ong shakllariga transformatsiyasini tarixiy rakurs va zamonaviy yondashuv asosida ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

falsafiy tafakkur paradigmalari almashinuvida germetizm g‘oyalarining transformatsion paradigma (g‘oyaviy moslashtiruvchilik vazifasini bajaruvchi) qonuniyatlari asoslangan;

germetizm g‘oyalarining uch bosqichli (mil.av. III – milodiy III (Sharq va yunon falsafasi elementlarini birlashtirdi)); XV–XVII asrlar (fan va falsafa elementlarini birlashtiridi); XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning birinchi yarmi (ratsionalizm va irratsionalizm elementlarini birlashtirdi)) taraqqiyoti ochib berilgan;

germetizm g‘oyalarining zamonaviy fan instituti shakllanishi jarayoniga (loyihaviy asos sifatidagi) ta’siri ochib berilgan;

hozirgi zamon germetizmining (“Oltin yog‘dusi”, teosofiya singari) ustuvor yo‘nalishlarining ssientizm (fanni eng yuqori madaniyat sifatidagi mutloqlashtiruvchi falsafiy tamoyil) va antissientizm (fanning eng oliy madaniy qadriyat ekanligini tanqid qilib, insonning ruhiyati bilan bog‘liq ijodiy jarayonlarga urg‘u beruvchi falsafiy tamoyil) tamoyillarining shakllanishiga ta’siri ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Germetizm g‘oyalarining shakllanish qonuniyatlari va transformatsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

falsafiy tafakkur paradigmalari almashinuvida germetizm g‘oyalarining transformatsion paradigma vazifasini bajaruvchi qonuniyatlari  “Falsafa tarixi (O‘rta asr G‘arb falsafasi)” nomli o‘quv qo‘llanmadagi mavzularni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 maydagi 89-03-1832-son ma’lumotnomasi). Natijada “Falsafa tarixi” fanini o‘qitishda germetizm g‘oyalarining ilmiy-nazariy asoslarini mustahkamlashda xizmat qilgan;

germetizm g‘oyalarining uch bosqichli taraqqiyotiga oid tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” Dasturining V bobi 41-bandini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2018 yil 24 iyuldagi 01/09-845-18-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llash samaradorligini oshirishga  xizmat qilgan;

germetizm g‘oyalarining zamonaviy fan instituti shakllanishi jarayoniga (loyihaviy asos sifatidagi) ta’siriga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini ko‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 9–10 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostidagi uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarda natijadorlikka erishishning ilmiy-amaliy masalalariga bag‘ishlangan respublika konferensiyasi xulosalarini ishlab chiqishda hamda “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostidagi “Yoshlar poezdi” targ‘ibot aksiyasi davomida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida tashkil etilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2018 yil 7 iyundagi 04-13/3047-son ma’lumotnomasi) Dissertatsiyada bildirilgan xulosalar, takliflardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida foydalanilishi respublikamizda kechayotgan islohotlar jarayonida tafakkur o‘zgarishlari bilan bog‘liq jihatlarini keng aholi qatlamiga, ayniqsa, yoshlarimizga chuqurroq tushuntirish va bu boradagi olib borilayotgan ishlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;

hozirgi zamon germetizmining ustuvor yo‘nalishlarining ssientizm va antissientizm tamoyillarining shakllanishiga oid xulosalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2017 yilga mo‘ljallangan kompleks ish rejasining 5.2-bandiga kiritilgan tadqiqot doirasida foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 8 iyundagi 14/289-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, hali tajribasi yo‘q, endigina hayotga kirib kelayotgan yoshlarimizni yot va begona g‘oyalar ta’siridan himoya kilish ularning ma’naviy, diniy, ma’rifiy sohadagi bilimlarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish