Musaeva Feruza Toraxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilida jins tushunchasining ifodalanishi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil16
Ilmiy rahbar: Madvaliev Abduvahob Pattaxovich, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.29.11.2018.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tilda jins tushunchasining ifodalanishi tarixini, o‘zbek tilida biologik jins tushunchasini ifodalashning lisoniy usullarini aniqlash, biologik jins ma’nosi ifodalangan so‘zlarning leksik-semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dastlab tildagi barcha so‘zlar umumiy jins tushunchasini ifodalaganligi, jins tushunchasini ifodalash til taraqqiyoti natijasida yuzaga kelganligi aniqlangan;
o‘zbek tilida biologik jins tushunchasi leksik-semantik, morfologik, sintaktik, leksik-sintaktik, leksik-morfologik, fonetik usullar bilan farqlanishi isbotlangan;
o‘zbek leksik tizimidagi jins tushunchasini ifodalovchi so‘zlarning mavzuiy tasnifi ishlab chiqilgan;
geteronimlarning semantik strukturasida jins ma’nosi bir xil mavqega ega emasligi, jins tushunchasini ifodalovchi so‘zlardagi ma’no taraqqiyoti ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilida jins tushunchasining ifodalanishini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Misqol pari”, “Gulnor pari”, “Ravshan” kabi dostonlar tilida uchraydiganhur, pari, g‘ul, Bibi Seshanba, Bibi Mushkulkushokabi ayol jinsini ifodalovchi mifonimlar, dev, Xizr, g‘o‘chchoq kabi erkak jinsini ifodalovchi leksemalar izohlaridan O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan F1-FA. 2012-1-8 raqamli “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” (2012–2016) fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 14 martdagi 3/1255-734-son ma’lumotnomasi). Natijada, dostonlar uchun yozilgan izohlarining ilmiyligi ta’minlangan, leksikografik tavsiflari mukammallashgan;
geteronim, geteropersonim, geteromifonim, geterofitonim, geterozoonim kabi terminlarning hosil bo‘lishi va ularning izohi borasidagi xulosalaridan FA–F1-G041 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari» (2012–2016) nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 14 martdagi 3/1255-734-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yangi terminlar bilan boyigan.