Yulbarisov Abdurasul Abdujalilovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uyqu va koronar qon-tomirlari qo‘shma jarohatida erta tashxislashni va jarrohlik davolashni takomillashtirish”, 14.00.34–Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib249.

Ilmiy maslahatchi: Karimov Shavkat Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Akchurin Renat Suleymanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muminov Shuxrat Mannapovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya milliy tibbiy-tekshirish markazi federal davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik amaliyoti hajmi va bosqichliligi kiritilgan holda jarrohlik usulida davolash taktikasini optimallashtirish va erta tashxislashni takomillashtirish yo‘li bilan uyqu va koronar qon-tomirlari qo‘shma aterosklerotik jarohatini jarrohlik usuli bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

maxsus klinik, gemodinamik, angiosemiotik buzilishlar bilan verifikatsiyalangan karotid va koronar qon-tomirlari qo‘shma aterosklerotik zararlanishining klinik-patogenetik jihatlari ochib berilgan;

uyqu va koronar qon-tomirlar qo‘shma aterosklerotik zararlanishi bilan bemorlarni jarrohlik usulida davolash taktikasini optimallashtirish va tashxislash natijalari integral baholangan;

kasallikning erta bosqichlarida uyqu va koronar qon-tomirlari qo‘shma zararlanishini verifikatsiyalash uchun skrining dupleks tadqiqotlarining sonografik mezonlari aniqlashtirilgan;

og‘irlashgan anamnezli bemorlarda nevrologik va kardiologik statusni adekvat monitoringi uchun uyqu va koronar qon-tomirlari qo‘shma zararlanishida mahalliy og‘riqsizlantirishni qo‘llashning imkoniyatlari isbotlangan;

og‘ir yondosh kasalliklar va karotid hamda koronar qon oqimlari qo‘shma shikastlanishida bosqichli rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlarini tanlab olishning klinik-diagnostik xususiyatlari aniqlangan;

braxiotsefal arteriyalarda dupleks skanerlashni bajarishga ko‘rsatmalarni aniqlash uchun «Duplex.exe», exokardiografiya o‘tkazishga ko‘rsatmalarni aniqlash uchun «EXOKS.exe», uyqu va koronar qon-tomirlari qo‘shma aterosklerotik zararlanishi bilan bemorlarni davolash va tekshirish darajasini oshirishga qaratilgan «ALGO.exe» original elektron-tibbiyot dasturlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqiot natijalarini joriy qilinishi.

Uyqu va koronar qon-tomirlari qo‘shma zararlanishini jarrohlik usulida davolash natijalarini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:

«Ishemik genezli surunkali tomir-bosh miya etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 maydagi 8n-z/60-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanoma uyqu va koronar qon-tomirlari qo‘shma zararlanishi bilan bemorlarni jarrohlik usulida davolash taktikasi samaradorligi va erta tashxislashni yaxshilashga imkon bergan;

«Koronar oqim qo‘shma shikastlanishida ishemik genezli surunkali bosh miya qon aylanishi etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 maydagi 8n-z/60-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanoma uyqu va koronar qon-tomirlari qo‘shma zararlanishi bilan bemorlarni jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlar sonini kamaytirishga imkon bergan;

uyqu va koronar qon-tomirlari qo‘shma aterosklerotik zararlanishi bilan bemorlarni jarrohlik usulida davolash taktikasini optimallashtirish va erta tashxislashni takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasining 1- va 2-klinikalari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialida amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 maydagi 8n-z/60-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqotda uyqu va koronar qon-tomirlari qo‘shma zararlangan bemorlarni tashxislash va davolash uchun ishlab chiqilgan algoritmini qo‘llash asoratlarni jarrohlik amaliyotidan keyingi erta bosqichda 42%dan 1,05%gacha qisqartirish, uzoq davrda esa asoratlar sonini 10,3%dan 8,3%gacha qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish