Raxmanov Qosim Erdanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozi xirurgik davosini takomillashtirish», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib254.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Azamat Muxitdinovich,tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaybergenov Shuxrat Nurmatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: A.N. Sizganov nomidagi Milliy xirurgiya ilmiy markazi AJ (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar exinokokkozida xirurgik taktikani takomillashtirish va kasallik qaytalanishini kamaytirishning samarali usullarini ishlab chiqish yo‘li bilan davolash sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribada antiparazitar davolash muddati va adekvat germisid ta’siri uchun etarlicha to‘g‘ri miqdorni tanlash imkoniyatini hisobga olgan holda exinokokkozning kaytalanishining oldini olish uchun al`bendazol samaradorligini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
jigarda birlamchi exinokokk kistasidan uzoq sohalarda, perifokal makrofag hujayralari reaksiyasisiz aniqlangan bo‘lib, keyinchalik o‘sish imkoniyati bo‘lgan mikroskopik farqlanuvchi nasl mikrokistalarining aniqlanishi tajribada isbotlangan;
jigarda asosiy o‘choqdan tashqarida turli miqdordagi al`bendazolning exinokokkoz kistasiga va pusht elementlariga mahalliy makrofag hujayralari javobiga ta’sirining morfologik xususiyatlari tajribada aniqlangan;
atrof to‘qimalarining nasl elementlari bilan tarqalish xavfini kamaytirish maqsadida exinokokk kistasining tarkibini xavfsiz ravishda evakuatsiya qilish uchun “savatcha-qisqich” jarrohlik asbobi takomillashtirilgan;
amaliyotdan keyingi davrga ta’sir etuvchi omillarni va kasallikning takrorlanish ehtimolini hisobga olgan holda jigar exinokokkektomiyasi bajarilgan bemorlarning hayot sifatini baholash uchun maxsus shkala optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar ekinokokkozi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va jarrohlik usulida davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra:
“Jigar exinokokkozili bemorlarni olib borish algoritmi” usulbiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 maydagi 8n-z/58-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar jigar exinokokkozini jarrohlik usulida davolash taktikasini, qorin bo‘shlig‘iga kirish yo‘lini tanlash, qoldiq bo‘shlig‘iga ishlov berish va bartaraf etishda, shuningdek, profilaktik kimyoterapiyani kompleks hisobga olgan holda tanlashni optimallashtirish imkonini bergan;
jigar exinokokkozili bemorlarni tashxislash va jarrohlik usulida davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1- va 2-klinikalarida, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 maydagi 8n-z/58-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini 12,5% dan 4,3% gacha va kasallikning qaytalanishini 11,9% dan 2,6% gacha kamaytirish imkonini bergan.