Ermatov Ziyadulla Dosmatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Payvand choklarning xarakteristikalarini yaxshilash maqsadida mahaliy xomashyolardan foydalanib elektrod qoplamalarini tayyorlash texnologiyasi», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi) (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T729.

Ilmiy rahbar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.

Rasmiy opponentlar: Mixridinov Risqidin Mixridinovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: payvand chokning xarakteristikasini va quyma strukturasining sifatini oshirish uchun payvandlash elektrodlarining qoplamalarini mahaliy xomashyolar asosida tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qoplamali elektrodlarni ishlab chiqish uchun xomashyo bazasini inobatga olgan holda elektrod qoplamalarining klassifikatsion sxemasi ishlab chiqilgan;

qoplamali elektrodlar komponentlarining klassifikatsion sxemasi asosida yoyli dastakli payvandlashda chok metallining quyma strukturasi shakllanish jarayonining fizik va matematik modeli ishlab chiqilgan;

SiO2-SaO-CaF2 tizimiga K2O, Na2O, MgO, A12O3 oksid qo‘shimchalarining qo‘shilishi natijasida  shlakning zichligiga, qovushqoqligiga va payvandlash vannasini hamda chokni shlak qoplamasi bilan qoplanishi xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;

payvand chokning quyma metallidagi gazlarning miqdorini 8–10% ga kamaytiradigan hamda metall tomchisi va suyuq vannani ishonchli himoyalaydigan elektrod qoplamasining gaz hosil qiluvchilar tarkibi ishlab chiqilgan;

payvand chokning quyma strukturasining mustahkamlik xarakteristikasini 10–12% ga oshiradigan elektrod qoplamasining shlak hosil qiluvchilar tarkibi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Payvand choklarni xarakteristikasini oshirish maqsadida mahaliy xomashyolardan foydalanib elektrod qoplamalarini tayyorlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

payvandlash elektrodlarining qoplama tarkibida oksidsizlantiruvchi komponentlarini optimallashtirish uchun  yoyli dastakli payvandlashda chok metallining quyma strukturasini shakllanish jarayoniga ishlab chiqilgan matematik modeli MChJ QK “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan  («O‘zmaxsusmontaj qurilish» AJning 2019 yil 4 martdagi 01/86-01-01A-son ma’lumotnomasi). Natijada payvand chokning quyma metallida kislorod miqdorini 6–8%ga kamaytirishga erishilgan; 

payvandlash vannasi va metall tomchisini ishonchli himoya qilishni ta’minlash uchun turli xil harorat intervallarida parchalana oladigan ishqorli va ishqor-tuproqli metallarning korbonatlar kompozisiyasidan foydalanish hisobiga elektrod qoplamasining gaz hosil qiluvchi qismi MChJ QK “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan («O‘zmaxsusmontaj qurilish» AJning 2019 yil 4 martdagi 01/86-01-01A-son ma’lumotnomasi). Natijada payvand chokning quyma metallidagi gazlarning miqdorini 8–10% ga kamaytirishga erishilgan;

mahaliy rudali-mineral xomashyolardan foydalanib elektrod qoplamalarining shlak asosi tarkibini tuzish va uni tayyorlash texnologiyasi  MChJ QK “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan  («O‘zmaxsusmontaj qurilish» AJning 2019 yil 4 martdagi 01/86-01-01A-son ma’lumotnomasi). Natijada payvand chok quyma strukturasining mustahkamlik xarakteristikasi 10–12% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish