Mahkamova Madina Ulfatjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnika oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida talabalarda axborot madaniyatini shakllantirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped111.
Ilmiy rahbar: Djuraev Risboy Haydarovich,akademik, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilyara Jumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mahmudov Abduhalim,pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: texnika oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida talabalarda axborot madaniyatini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv jarayonida axborot madaniyatini shakllantirish tushunchasi va mohiyati, uning funksiyalari, didaktik shart-sharoitlari, metodikasi, usullarini amalga oshirish asosida texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining axborotlarni yaxlit idrok etish, axborotlar mohiyatini ijobiy va salbiy tarzda baholash ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini axborot madaniyatini shakllantirish modeli maqsadli, tashkiliy, natijalarga erishish bloklarini axborot madaniyatini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlariga muvofiqlashtirish natijasida takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishda nazariy, amaliy, kreativ axborotlar banki, axborot bazalari, ta’limning didaktik vositalari (TALABA nomli blok) va interfaol metodlari (Bahs-munozara, Zanjir, Interv`yu)ni qo‘llash orqali axborot madaniyatini shakllantirishning o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
talabalarda axborot madaniyatini shakllantirish asosida mutaxassislik faniga oid bilimlarini axborotlar bilan to‘ldirish va amalda qo‘llay olish, axborotlarni tahlil etish, axborotlarni ta’lim mazmuniga moslash, axborotlarga baho berish, axborot ma’lumotlariga ijodiy yondashish, axborotlarni egallashda tajribalarga ega bo‘lish, axborotlarni bayon qilish ko‘rsatkichlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnika oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida talabalarda axborot madaniyatini shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta`lim muassasalarining o‘quv jarayonida talabalarda axborotlarni ijodiy o‘rganish, axborotlar asosida texnik soxaga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, internet materiallaridan foydalanish, axborot madaniyatini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalardan 5311600 – “Konchilik ishi” (ko‘mir konlarini qazib olish), 5310100 ‒ Energetika (issiqlik energetikasi), 5310800 ‒ “Elektronika va asbobsozlik” (elektronika sanoati), 5310900 ‒ “Metrologiya standartlashtirish va maxsulot sifat menejmenti” (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishlari o‘quv rejasidagi “Texnik tizimlarida axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 apreldagi 89-03-1513-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar “Texnik tizimlarida axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish sifatini oshirish natijasida talabalarda axborot madaniyatini shakllantirishga xizmat qilgan;
talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishning nazariy va amaliy, pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni, shakl va metodlarini aniqlash natijasida yaratilgan bo‘lajak mutaxassislarda axborot madaniyatini shakllantirish modeli va uni tadbiq etish masalalariga doir takliflar “Ma`naviy –immunologik tarbiya tizimini yaratish va undan amaliyotda foydalanish” o‘quv-metodik ta’minotini mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 apreldagi 89-03-1513-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma uzluksiz ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalar bilimini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarni kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishda nazariy, amaliy, kreativ axborotlar banki, axborot bazalarini tashkil etish asosida axborot madaniyatini shakllantirishning o‘quv-metodik ta’minoti va didaktik vositalari (TALABA nomli blok) ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 apreldagi 89-03-1513-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-metodik ta’minot va didaktik vositalar talabalarda axborot texnologiyalaridan foydalanish va axborot madaniyatini bo‘yicha shakllangan bilimlarni nazorat qilishga xizmat qilgan.