Qo‘ysinov Odil Almurotovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i va nomi): “Kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Ped59.
Ilmiy maslahatchi: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukurulla Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim jarayoni komponentlari uzviyligi asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kreativ fikrlashi va kasbiy-pedagogik ijodkorligini faollashtirishning pedagogik shart-sharoitlari hamda didaktik imkoniyatlari (o‘quv va ilmiy mazmundagi integrativ ijodiy topshiriqlar, interfaol metodlar, intensiv tajriba-izlanish, avtomatik nazorat shakllari) aniqlashtirilgan;
an’anaviy va kompetentli yondashuvlarni qiyosiy tavsiflash asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining individual psixologik xususiyatlari (motivatsion, intellektual, hissiy, irodaviy va psixomotor) hamda kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish tizimining tuzilmaviy komponentlarini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirilgan;
kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirishning klasterli modeli va algoritmik xaritasinijoriy etishningdidaktik ta’minoti (umumkasbiy xarakterdagi intellektual topshiriqlar, pedagogik dasturiy vositalar, tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi orqali) takomillashtirilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik, texnik-texnologik integrativ topshiriqlarni bajarish metodlari (variantlarni tanlash, morfologik tahlil, dixotomiya, sinektika, tizimli operator, ixtirochilik masalalarini echish algoritmi, modellashtirish)ni qo‘llash interfaol ta’lim texnologiyalari (“SMART texnology”, CASE study) va didaktik vositalari (“IQ” testlari, muammoli videotopshiriqlar tizimi, muammoli va ijodiy mashqlar) asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligining rivojlanganlik darajalarini (reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, kreativ) tashxislash komponentlari (tahlil, loyihalash, anketa va bashoratlash) va funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish orqali ob’ektiv baholash imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligi hamda kreativ fikrlashlarini kompetentli yondashuv asosida rivojlantirishning ahamiyati va mazmuni, pedagogik shart-sharoitlari va didaktik imkoniyatlarini aniqlashga oid ilmiy taklif va tavsiyalar “O‘zstandart” agentligining 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan magistratura mutaxassisligi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 noyabrdagi 89-03-3783-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalardan kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
ta’lim jarayonida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligi hamda kreativ fikrlashlarini rivojlantirish metodikasini amaliyotga samarali joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga doir tavsiyalardan “Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” (2012-2014 yy.), “OTM pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun modulli web texnologiya asosida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish texnologiyalari” (2015-2017 yy.) va “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” (2015-2018 yy.) mavzularidagi grant loyihalari doirasida o‘quv-metodik majmualar ishlab chiqish, elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va o‘qituvchilar kreativ faoliyatni rivojlantirishga oid yondashuvlarni takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 noyabrdagi 89-03-3783 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar o‘qituvchilar kasbiy kompetentligi darajalarini oshirishga xizmat qilgan;
kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirishning klasterli modelinijoriy etishningilmiy-metodik ta’minoti (o‘quv mashg‘ulotlarining algoritmik xaritalari, interfaol o‘quv muloqotini ta’minlovchi metodik tizim, umumkasbiy xarakterdagi intellektual topshiriqlar, pedagogik dasturiy vositalar, tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, Web-hujjatlar) Namangan muhandislik qurilish instituti, Buxoro davlat universiteti hamda Toshkent davlat pedagogika universitetining kasb ta’limi yo‘nalishlarida joriy etilib, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 noyabrdagi 89-03-3783-son ma’lumotnomasi). Klasterli modelningilmiy-metodikta’minoti bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘qitishning zamonaviy didaktik texnologiyalari (“SMART texnology”, CASE study) hamda vositalari (“IQ” testlari, muammoli videotopshiriqlar tizimi, muammoli va ziddiyatli ijodiy mashqlar), ijodiy topshiriqlarni bajarish metodlari (variantlarni tanlash, morfologik tahlil, dixotomiya, sinektika, tizimli operator, ixtirochilik masalalarini echish algoritmi, modellashtirish), bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligining rivojlanganligi darajalarini (reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, kreativ) tashxislash komponentlari (tahlil, loyihalash, anketa va bashoratlash) funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish orqali ta’lim samaradorligini ob’ektiv baholash usuli takomillashtirilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 noyabrdagi 89-03-3783-son ma’lumotnomasi). Axborot-metodik ta’minot bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini mustaqil va kreativ faoliyatga yo‘naltirish, o‘z-o‘zini ijodiy takomillashtirishga xizmat qilgan.