Abduraximov Abrorjon Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Helicobacter pylori bakteriyasining virulent faktorlarini genetik jihatdan o‘rganish», 03.00.01–Biokimyo, 03.00.03–Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/V144.
Ilmiy rahbar: Turdikulova Shaxloxon Utkurovna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.29.12.2018.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Alisher Abdumavlyanovich, biologiya fanlari doktori; Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Genomika va bioinformatika markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Helicobacter pylori bakteriyasining genetik faktorlarini gastroenterologik kasalliklar bilan bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
H.pylori bakteriyasining virulent CagA, IceA va VacA genlarining tarqalish chastotasi hamda CagA, IceA1 genlari va VacA genining s1/m1/m2 tiplari bilan gastroenterologik kasalliklar o‘rtasidagi assotsiatsiya aniqlangan;
H.pylori bakteriyasining virulent CagA, VacA genlarini genotiplash uchun mul`tipleks PZR usuli ishlab chiqilgan;
CagA genini aniqlash uchun Real-time PCR usuli ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston hududidagi H.pylori bakteriyasi izolyatlarining VacA geni sekvens natijalariga ko‘ra avval aniqlanmagan nukleotidlar mutatsiyasi aniqlangan va ushbu mutatsiyalar faqat mahalliy izolyatlar uchun xosligi hamda mahalliy izolyatlar dunyoning boshqa shtammlaridan farqlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
MahalliyH.pylori bakteriyasi izolyatlarini virulent CagA, IceA va VacA genlari bo‘yicha genotiplash, VacA genini sekvenirlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) metodi FA-F6–T219 raqamli «Mahalliy Lactobacillus casei group shtammlari tomonidan bakteriotsinga o‘xshash moddalarning oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak kasalligini chaqiruvchi Helicobacter pylori ga qarshi ta’sirini o‘rganish» mavzusidagi fundmental loyihada mahalliy H.pylori kul`turalarini identifikatsiya qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 4 martdagi 4/1255-586-son ma’lumotnomasi). Natijada bakteriya kul`turalarini aniqlashda yuqori spesifiklikka erishish hamda H.pylori bakteriyasining nopatogen va patogen shtammlarini aniqlash imkonini bergan;
takomillashtirilgan mul`tipleks PZR metodi FA-F6–T219 raqamli «Mahalliy Lactobacillus casei group shtammlari tomonidan bakteriotsinga o‘xshash moddalarning oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak kasalligini chaqiruvchi Helicobacter pyloriga qarshi ta’sirini o‘rganish» mavzusidagi fundmental loyihada nopatogen va patogen bakteriya kul`turalarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 4 martdagi 4/1255-586-son ma’lumotnomasi). Natijada bakteriya kul`turalarini aniqlashda reaktivlarni uch barobar tejash va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
mahalliy H.pylori bakteriya izolyatlari VacA genining nukleotidlar (KY779729.1, KY779730.1) va aminokislotalar (AVH78333.1, AVH78334.1) ketma-ketligi NCBI va ENA halqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Kaliforniya universitetining 2019 yil 17 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston hududida tarqalgan H.pylori izolyatlarini o‘ziga xosligini aniqlash hamda ushbu sikvens ma’lumotlaridan dunyoning turli mintaqalarida uchrovchi shtammlarni taqqoslash imkonini bergan.