Yunusov Xudaynazar Beknazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekologik me’yorlash uslublari asosida ichimlik suvini zararsizlantirish va tozalashni kompleks texnologiyasini bioekologik baholash», 03.00.10–Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/V85.
Ilmiy maslahatchi: Chernikov Vladimir Aleksandrovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Moskva viloyati davlat universiteti va Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.29.12.2018.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor; Izzatullaev Zuvayd, biologiya fanlari doktori, professor; Raximova Latofat Sabirjonovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuzatuv hududlarida ekologik holatni barqarorlashtirish uchun ichimlik suvini tozalash va zararsizlantirishning kompleks texnologiyasini ekologik baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor muhit zahri usuli biotestda foydalanadigan yaxshi tozalanmagan suvdagi pollyutant hayvonlarning bioximik (gepatopankreas va fermentativ faollik) va sitomorfologik (limfotsit va mikroyadro) ko‘rsatkichlariga zarari aniqlangan;
organizmning o‘sish va rivojlanish jarayonida jigar va qon aylanish tizimi faoliyati dinamikasini baroelektrokimyoviy usulida tozalangan suvga nisbatan solishtirish biotest va bioindikatsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan;
muhit zararlanganligiga biotest qo‘yishda foydalanilgan chuchuk suv mollyuskalarini gepatopankreasda fermentativ faolligini dinamikasi asosida baroelektroximik usulida tozalangan suv ustunliklari aniqlangan;
baroelektrokimyoviy usulida tozalangan suv namunalarida kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar va zararli aralashmalar mavjud emasligi isbotlangan;
baromembran va elektrokimyoviy texnologiyalarni yagona texnologik sxemaga integratsiya qilish yo‘li bilan baroelektrokimyo usuli asosida suvni tozalash samaradorligini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekologik me’yorlash uslublari asosida ichimlik suvini zararsizlantirish va tozalashni kompleks texnologiyasini bioekologik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ichimlik suvini baroelektroximik usulida tozalash bo‘yicha yaratilgan modul «Intexprom» mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonalarida mikrobiologik zararlangan ichimlik suvini tozalash jarayoniga joriy etilgan (Rossiya Federatsiyasi «Intexprom» MChJning 2016 yil 1 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada ushbu modulni qo‘llash orqali korxonaning moliyaviy mablag‘larini tejash va yuqori samaradorlikka erishish imkonini bergan;
«Shahar korxonalarini tashqi muhit ekologik o‘lchamlarini o‘zgartirmay suvdan foydalanish tizimini yaratish» loyihasi Moskva viloyati Noginsk tumanidagi korxonalarda oqova suvni tozalash amaliyotiga joriy etilgan (Rossiya Federatsiyasi Bogorodskiy kommunal xo‘jaligining 2016 yil 23 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada kuzatuv hamda oqova suvlarini tozalashda ishlatiladigan reaktivlar uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
in vitro uchun ozuqa muhiti tayyorlash texnologiyasi «Butun Rossiya sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot institutida amaliyotga joriy etilgan (Rossiya sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot institutining 2016 yil 14 noyabrdagi 318-son ma’lumotnomasi). Natijada qulupnay va kuzgi muddatda ekilgan sarimsoq piyozning o‘sishini, rivojlanishini yaxshilash hamda hosildorlik an’anaviy usulda etishtirilganga nisbatan 1,5–2,2 marta yuqori bo‘lish imkonini bergan;
suvni tozalash va zararsizlantirishning ekologik texnologiyasi «AGROVET» mas’uliyati cheklangan jamiyatida turli xil preparatlar va fiziologik eritmalar tayyorlash jarayoniga joriy etilgan («AGROVET» MChJning 2018 yil 18 apreldagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada oqova suvni biotexnologik jarayonda qo‘llash sifatini va samaradorligini oshirish imkonini bergan.