Qarshiev Odash Abdugafforovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro-Xiva hududi janubi-sharqiy qismidagi uglevodorod resurslari bazasining shakllanishida karbonat va tuz-angidrit formatsiyalari struktura planlarining ta’siri», 04.00.07–Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/GM22.
Ilmiy rahbar: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.
Rasmiy opponentlar: Axundjanov Raxmadjan, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Xannanov Mars Talgatovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgeofizika» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro-Xiva hududi janubi-sharqiy qismidagi karbonat va tuz-angidrit formatsiyalari struktura planlarining hususiyatlari va ularni neft` va gaz uyumlarini joylashishidagi ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbonat va tuz-angidrit formatsiyasining quyi qismida uglevodorod zahiralarini oshirishga imkon beruvchi shimoliy-sharq yo‘nalishdagi regional uzilmalarga tegishli burmalarning nosimmetrik cho‘qqilari mavjudligi isbotlangan;
tektonik to‘silgan uyumlarni ochishga istiqbolli hududlarni ajratish imkonini beradigan shimoliy-sharq yo‘nalishdagi regional uzilmalar tizimi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan karbonat va tuz-angidrit formatsiyalarini struktura planlari asoslangan;
depression yotqiziqlar tarqalgan hududlarda neft` zahiralarini oshirishga imkon beradigan «ustrisa-ammonitli gorizont»ning sanoat ahamiyatiga ega neftliligi isbotlangan;
turli fazoviy holatdagi uglevodorod uyumlarini bashorat qilishga imkoniyat beradigan istiqbolli zonalarni gaz, neftgaz va neft` uyumlarini joylashish sxemasi yordamida ajratish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro-Xiva hududi janubi-sharqiy qismidagi karbonat va tuz-angidrit formatsiyalari struktura planlarining ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Oxirbuloq, Cho‘lquvar va Qirqquloch konlarida izlov va qidiruv quduqlarini joylashtirish tavsiyasi «O‘zgeoburg‘ineftgaz» AKda amalyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yil 27 dekabrdagi 02-14/1-111-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta va yuqori yura davri karbonat formatsiyasining regional mahsuldorligi tasdiqlangan, mahsuldorlik chegarasini kengaytirish va uglevodorod xomashyosi zahiralarini o‘stirish imkonini bergan;
Cho‘lquvar konida geokimyoviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha uglevodorod uyumlari turini baholash tavsiyasi «O‘zgeoburg‘ineftgaz» AKda amalyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yil 27 dekabrdagi 02-14/1-111-son ma’lumotnomasi). Natijada yura davri yotqiziqlarining XV gorizontida neft` uyumini aniqlash imkonini bergan;
Beshkent egikligining shimoli-g‘arbiy qismi va Kultak ko‘tarilmasining sharq, shimoli-sharqiy qismlarida mufassal seysmorazvedka ishlarini o‘tkazish tavsiyasi «O‘zbekgeofizika» AJda amalyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yil 27 dekabrdagi 02-14/1-111-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi neft` va gazga istiqbolli ob’ektlarni aniqlash imkonini bergan.