Dadaboev Olimjon Ortiqovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘arb va Sharq adabiy kontekstida Amir Temur shaxsi talqini», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil276.

Ilmiy rahbar: Raxmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc 27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Muhibova Ul`patxon Uchqunovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ismoilov Hamdamjon, filologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat  universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: G‘arb va Sharq mamlakatlari adabiyotida Amir Temur haqida yaratilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlarni qiyosiy tahlil etish va ularda Amir Temur siymosi talqinini yoritib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Sharq va G‘arb adabiyotida Amir Temur obrazi tasvirlangan ilk badiiy asarlarda epik an’analarning hamda xalq og‘zaki ijodiga xos afsonaviylik, iloxiy qahramonlik motivlarining mavjudligi isbotlangan;

XVI–XVII asrlar ingliz adabiyoti va XV–XIX asrlar turkiy hamda mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti muqoyasasi orqali Amir Temur obrazining ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar natijasida afsonaviylikdan reallikka tomon evolyusiyasi asoslangan;

G‘arbiy Evropada Amir Temur obrazi tasvirlangan ilk badiiy asarlar va Sharq adabiyotidagi Sohibqiron obrazi talqin etilgan asarlarda xalq og‘zaki ijodiga murojaat etish kabi umumiylik hamda syujet va motivlardagi o‘ziga xosliklar mavjudligi aniqlangan;

G‘arb va Sharq tarixiy hujjatli nasrini qiyosiy o‘rganish orqali Amir Temur shaxsini yoritishda tarixiy haqiqatdan chekinish holatlari, Sohibqiron shaxsiga noxolis munosabatlar mohiyati dalillangan;

Amir Temur obrazini yaratishda mualliflarning badiiy mahorati, falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari va ijodiy individualligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Amir Temur shaxsining G‘arb va Sharq adabiyotidagi talqini bo‘yicha olingan natijalar asosida:

Ingliz dramaturgiyasida Amir Temur obrazining yaratilishida amal qilingan tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima prinsiplariga doir olingan xulosalardan Evropa Ittifoqining «Erasmus+» dasturi «Key ection 1» loyihasi doirasida tashkil etilgan «The Image of Amir Temur in the Literature of the West» nomli grantida foydalanilgan (Italiyadagi Piza universitetining 2017 yil 14 yanvardagi ma’lumotnomasi. Sonfirmation of implementation: Project title: ERASMUS +/KA1 HIGHER EDUCATION. Project nr. 2015-1-IT02-KA107-014705). Natijada olingan xulosalar Piza universiteti talabalariga G‘arb adabiyotida Sharq mavzusi hamda G‘arb adabiyotida Amir Temur obrazi talqini bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar tashkil etishda asos bo‘lgan;

Amir Temur shaxsining xorij ilmiy-ommabop asarlaridagi talqini xususida olingan natijalardan Namangan  viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi “Adabiyot va san’at” bo‘limida ko‘rgazmali eksponat tashkil etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 12 noyabrdagi 01-11-08-7825-son ma’lumotnomasi). Natijada eksponatdan o‘rin olgan chet ellarda nashr etilgan va sohibqiron Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan badiiy hamda ilmiy-ommabop asarlar, foto suratlar va tadqiqot materiallari muzeyga tashrif buyurayotgan o‘quvchi va talabalarga G‘arb va Sharq adabiyotida yaratilgan Amir Temur obrazi bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar berishda asos bo‘lgan;

Amir Temur obraziniyaratishda Kristofer Marlo, Charl`z Sanders va Nikolas Roularning badiiy mahorati, falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari va ijodiy individualligi xususida olingan xulosalardan Namangan viloyat teleradiokompaniyasining Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Buyuk siymolar” turkum ko‘rsatuvi tayyorlashda manba va material sifatida foydalanilgan (Namangan viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 08-02-329-son ma’lumotnomasi). Natijada biz tadqiqot ob’ekti qilib olgan manbalarning qiyosiy tahlilidan olingan xulosalar ko‘rsatuvning ilmiy dalillarga boy va ommabop, ishonchli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish