Berdiev Xayriddin Abdulloevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Nurota vohasi toponimlarining tarixiy tahlili (XIX asrning oxiri va XX asr boshlari)», 07.00.08–Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.1.PhD/Tar69.

Ilmiy rahbar: Ishakov Mirsodiq Mirsultanovich, tarix fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, DSc.06.01.2018.Tar.44.01.

Rasmiy opponentlar: Enazarov Tolib Jumanazarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bo‘riev Omonullo, tarix fanlarn nomzodi, yetakchi ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston toponimiyasining ajralmas qismi bo‘lgan Nurota vohasi toponimiyasini manbashunoslik nuqtai nazaridan yoritishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

Nurota vohasi toponimiyasining tarixiy manba va material sifatida diaxron, sinxron aspektda kelib chiqishi, taraqqiyoti, mazmun-mohiyati hamda joy nomlarida xalqning o‘tmishi mujassamlashgani dalillangan;

toponimlarning muayyan guruhi vohadagi mulkiy munosabatlarni (Nurmat Aminqo‘rasi, Saksonchek, Bozorboy korizi), xo‘jalik turlarini (Cho‘ponota, Tasmachi, Qo‘chqorchisoy), geografik manzil (Oqtepa, Qoratosh, Dara, Debaland) ekani tarixiy manbalar asosida isbotlangan;

Nurota vohasi toponimlari landshaft (Oqtog‘, Qoratog‘, Oqtepa), voha faunasi (Qo‘ytosh, Cho‘chqalitov), flora (Bog‘don, Jiydali, Archali), ijtimoiy-iqtisodiy voqelikni (To‘labosdi, G‘o‘jmono‘lgan, Jizmon), etnik munosabatlarni (Mitan, Tovchinoq, Turkmanovul, Jaloyir) aks etgan joy nomlari ekani asoslangan;

toponimlarning aksariyati aholining ma’naviy dunyosida ro‘y bergan e’tiqodiy tasavvurlarni (Nurota, Xo‘ja Muhammad Porso ziyoratgohi, Imom Hasan va Imom Husayn qabrlari, Fozilmand ota tog‘i, G‘oyibota, Quvkalla, Shohimardon) ifodalagani dalillangan;

Komintern qishlog‘i (hozirda – Sayid Eshon), Bolshevik sovxozi (hozirda –Tikanli),  Labovoy (hozirda – Pastki Chuya yoki Tollimosha), Simpozium (hozirda – Qoraqum) kabi joy nomlari sovetlar davrida qo‘llanilgan, ammo xalq ongi va tafakkuriga singib ketmagan toponim ekanligi aniqlangan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Nurota vohasi toponimlarini tarixiy manba sifatida tadqiq etish asnosida olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

Nurota shahridagi Chilustun masjidi toponimi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar asosida hozirgi Chilustun masjidini zamonaviy me’morchilik andazalari va milliy ruh shaklida qayta qurilishida foydalanilgan (Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi 2018 yil 21 iyundagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada Chilustun masjidining Nurota shahridagi qadimiy maskan va ziyoratgoh manzili sifatida bu erga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining ortishiga xizmat qilgan;

Nurota vohasi suv inshootlari nomlarining tavsifi bilan bog‘liq natijalardan O‘zbekiston televideniyasining “Dunyo bo‘ylab” telekanalida suvdan foydalanish bo‘yicha turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokomaniyasining 2017 yil 27 dekabrdagi 08-14-562-son ma’lumotnomasi). Natijada suvdan oqilona va tejamli foydalanish bo‘yicha qadimiy an’ana, azaliy urf-odat va qadriyatlar haqidagi qarashlarning xalqimiz ongiga singdirishga yordam bergan;

hozirgi xaritalarda aks etmagan Nurota vohasi joy nomlariga oid ma’lumotlardan «Joy nomlari – tarix ko‘zgusi» mavzusidagi turkum radio eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokomaniyasining 2013 yil 24 dekabrdagi 018-son ma’lumotnomasi). Natijada radio tinglovchilarga toponimik materiallar bebaho tarixiy meros ekanligi, xalqimizni ana shu ma’naviy boylikdan bahramand etish, tariximiz va madaniyatimizning noma’lum sahifalarini chuqur o‘rganishda yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish