Abdirasheva Aziza Salimovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy turk tilidagi iqtisodiy terminlarning lingvokognitiv tahlili», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil241.

Ilmiy rahbar: Omonov Kudratulla Sharipovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ibrohim Jo‘raevich, filologiya fanlari doktori, professor; Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:hozirgi turk tili iqtisodiy terminlari tizimini tilning bir qismi va alohida tushunchalar sohasi sifatida kompleks tahlil qilish orqali uning ikki xil tabiatini yoritib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

turk tilidagi iqtisodiy terminlar til leksik-semantik tizimining bir qismi ekanligi asoslangan va bu bilan ularning yaxlitligini ta’minlovchi hamda so‘z yasovchi, onomasiologik, ideografik va lingvokognitiv kabi tizim yaratuvchi manbalari aniqlangan;

turk tilidagi iqtisodiy terminlar freymli tahlil usuli yordamida tadqiq etilib, uning «iqtisodiy faoliyat sohasi», «tovar aylanmasi», «birja», «bank tizimi» kabi freymli strukturalari asoslangan;

iqtisodiy realiyalarning talqini bilan bog‘liq turkcha so‘zlashuvchilarning lisoniy ongida mavjud metoforik modellar ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi barqaror assotsiatsiyalar aniqlangan;

zamonaviy turk tilininig iqtisodiy termin tizimidagi metaforaning ikki – nominativ va kommunikativ vazifasi taqqoslangan;

turk tilidagi iqtisodiy terminlar semantikasining turkcha so‘zlashuvchilarning ongidagi lisoniy, kasbiy va ijtimoiy omillarning ta’siri dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zamonaviy turk tilidagi iqtisodiy terminlarning lingvokognitiv tahlil etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

turk tilidagi iqtisodiy terminlarning «iqtisodiy faoliyat sohasi», «tovar aylanmasi», «birja», «bank tizimi» kabi freymli strukturalar bo‘yicha olingan natijalardan «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki faoliyatida foydalanilgan («Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 6 iyundagi 23/2205- son ma’lumotnomasi). Natijada, terminologik korpusning lisoniy va nolisoniy tavsifini o‘z ichiga olgan iqtisodiy terminlar tizimining pasporti ishlab chiqildi va turkcha-ruscha iqtsodiy terminlar lug‘atini yaratishga asos bo‘lib xizmat qilgan;

iqtisodiy realiyalarning talqini bilan bog‘liq turkcha so‘zlashuvchilarning lisoniy ongida mavjud metoforik modellar ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi barqaror assotsiatsiyalar tahlili bo‘yicha olingan natijalar Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi ilmiy faoliyatida foydalanilgan (Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasining 2018 yil 11 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan ruscha-turkcha iqtisodiy terminlar lug‘ati har ikkala davlat mutaxassislari uchun iqtisodiy muloqot asosi bo‘lib xizmat qilgan;

 zamonaviy turk tilininig iqtisodiy termin tizimidagi metaforaning ikki – nominativ va kommunikativ vazifasini taqqoslash asosida olingan xulosalardan «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyatida foydalanilgan («Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 6 iyundagi 23/2205- son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiyot sohasidagi o‘zbek-turk aloqalari va ushbu yo‘nalishning qon tomiri sanaluvchi beznes muloqotlar uchun asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish