Allambergenov Hamza Kamalovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qadimgi turkiy adabiyotda g‘ayritabiiy timsollar taraqqiyoti”, 10.00.08– Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil298.

Ilmiy rahbar: Rahmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.30.08.2018.Fil.46.02.

Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Joppar Solievich, filologiya fanlari doktori; Qayumov Olim Sadiriddinovich, filologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qadimgi va o‘rta asr turkiy yozma yodgorliklardagi g‘ayritabiiy timsollarning tarixiy asoslari arxaik mifologiya, diniy-e’tiqodiy tasavvurlar, magik xarakterdagi ibtidoiy marosimlar va inonch-e’tiqodlar bilan aloqadorligini asoslab berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

turkiy xalqlarning arxaik fol`klori va qadimgi yozma yodgorliklaridagi g‘ayritabiiy timsollar tizimi mifologiya, tabiat bilan bog‘liq inonch-e’tiqodlar va magik xarakterdagi marosimlar asosida kelib chiqan mifopoetik arxetiplar negizida shakllanganligi isbotlangan;

qadimgi «skif-sibir` uslubi»ga mansub tasviriy san’at namunalaridagi g‘ayritabiiy timsollarning arxaik tipi sinkretik xarakterga ega bo‘lganligi aniqlangan hamda og‘zaki epik an’anadagi mifopoetik obrazlar bilan funksional-semantik jihatdan mushtarakligi asoslangan;

kosmogonik, etiologik va totemistik miflar zaminida shakllangan obrazlar tahlili natijasida g‘ayritabiiy timsollarning mifologik asoslari ramzlar orqali ochib berilgan hamda g‘ayritabiiy timsollar qadimgi turkiy adabiyotdagi arxetipik obrazlarning ilk namunasi sifatida vujudga kelganligi «Irq bitigi» misolida ko‘rsatib berilgan;

g‘ayritabiiy timsollar va mifologik syujetlarning tarixiy-fol`kloriy jarayon davomidagi epik transformatsiyasi sehrli ertaklarning o‘ziga xos janriy xususiyati, ya’ni g‘ayritabiiylikka asoslangan badiiy tasvir usulining vujudga kelishiga zamin yaratganligi dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qadimgi turkiy adabiyotda g‘ayritabiiy timsollarning paydo bo‘lish omillari, xalq og‘zaki ijodidagi, amaliy va tasviriy san’at asarlaridagi hamda yozma adabiyotdagi g‘ayritabiiy timsollar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

qadimgi yozma yodgorliklaridagi g‘ayritabiiy timsollar tizimi mifologiya, tabiat bilan bog‘liq inonch-e’tiqodlar va magik xarakterdagi marosimlar asosida kelib chiqan mifopoetik arxetiplardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» (2012–2016) mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2018 yil 28 dekabrdagi 17-01/203-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq fol`kloridagi g‘ayritabiiy timsollarni turkiy xalqlar og‘zaki ijodidagi namunalar bilan komleks o‘rganish uchun manba yaratilgan;

qadimgi tasviriy san’at asarlaridagi g‘ayritabiiy timsollarning turkiy fol`klor va qadimgi turkiy yozma yodgorliklardagi g‘ayritabiiy timsollar bilan funksional-semantik tomondan tarixan aloqadorligini ochib berishda Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Berdaq Milliy muzeyi ekspozisiyasida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 21 yanvardagi 2-01/145-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy xalqlar og‘zaki ijodi, o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq xalq ertaklaridagi g‘ayritabiiy timsollar, muzey ekspozisiyasi tasviriy san’at va fol`klorda, yozma yodgorliklarda mifologik mazmun tomondan uyg‘un keladigan g‘ayritabiiy timsollar to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy materiallar bilan boyitilgan;

qadimgi turkiy adabiyotdagi g‘ayritabiiy (qanotli ot, bir ko‘zli odam, yarmi inson va yarmi ilon shaklidagi jonzot kabi) timsollarning yozma adabiyotda va xalq og‘zaki ijodida badiiy tafakkur mahsuli ekanini dalillash va turkiy xalqlarning dunyoqarashi mezonlarini belgilashga oid ilmiy-nazariy qarashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining «Adabiyot va davr», «So‘nmas yulduzlar», «Meros», «Assalom, Qoraqalpog‘iston», «Xalq durdonasidan» singari teleko‘rsatuv ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniya-sining 2019 yil 4 apreldagi 01-02/90/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot manbalari o‘quvchi yoshlarga, talabalarga, olimlarga va badiiy adabiyotga qiziquvchi keng ommaga targ‘ib etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish