Mubarakov Shuxrat Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miyaning ishemik insul`tda trombolitik terapiyaga klinik-patogenetik yondashuv», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.Phd/Tib75.
Ilmiy rahbar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: C.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miya ishemik insul`tida uning patogenetik tipi ostidan kelib chiqib trombolitik terapiya usulini detallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ishemik insul`tning patogenetik turiga qarab trombolitik terapiyaning qiyosiy klinik samaradorligi aniqlangan;
ishemik insul`tning patogenetik turiga qarab tizimli va intra-arterial trombolitik davolash samaradorligi baholangan hamda uning asosida yuqori darajadagi rekanalizatsiyani o‘z ichiga olgan IATTning afzalligi isbotlangan;
trombolitik terapiyada perdiapedez to‘yintirish ko‘rinishidagi asimptom gemorragik transformatsiyalarning klinik-prognostik ahamiyati isbotlangan;
ilk bor ishemik miya insul`tining boshlanish vaqti va patogenetik turidan kelib chiqib terapevtik «darcha» davridagi bemorlar uchun trombolitik terapiyaning tanlash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishemik miya insul`ti bo‘lgan bemorlar trombolitik terapiyasi natijalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ishemik insul`tda trombolitik terapiya» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 fevraldagi 8n-d/39-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma shemik insul`t bilan xastalangan bemorlarni olib borish va davolashda klinik hamda patogenetik yondashuvlarni qo‘llagan holda hayot sifatini oshirish imkonini bergan;
ishemik insul`t bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan O‘zbekiston Respublikasining shoshilinch-tibbiy yordam ilmiy markaziga va Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikalarida amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 fevraldagi 8n-z/30-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi ishemik insul`tning patogenetik turiga qarab bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga xizmat qilgan.