Otamurodov Hakimjon Homidovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishni takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt290.

Ilmiy rahbar: Qodirov Ashur Qodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Olim Abduraimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari kredit portfelini boshqarishning nazariy-uslubiy asoslarini tadqiq qilish, uni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tijorat banklari kredit portfeli sifatini oshirish va samarali boshqarish usuli, bank kredit portfeli daromadlilik, risklilik va likvidlilikka ko‘ra tahlil etilishi asosida optimallashtirilgan;

tijorat banklari kredit portfelini boshqarish va optimal kredit portfelini shakllantirishda subportfellar turlari, ko‘p bosqichli monitoringi, ularning munosabatlari va vakolatlari belgilangan;

tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun beriladigan mikrokreditlarni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlashda kreditning muddati va imtiyozli davri loyihaning muddatiga mos bo‘lishi taklif etilgan;

tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni samaradorligini hamda kredit portfeli sifatini oshirishda berilgan kreditlarni bir necha bosqichlarga bo‘lgan holda qaytarish taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

tijorat banklari kredit portfeli sifatini oshirish va samarali boshqarish usuli, bank kredit portfeli daromadlilik, risklilik va likvidlilikka ko‘ra tahlil etilishi asosida optimallashtirish taklifi “Mikrokreditbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” ATBning 2019 yil 6 martdagi TA 01-11/1735-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida kredit portfeli monitoringini olib borish jarayoni optimallashgan, kredit portfeli daromadliligi 5 foizga oshgan;

tijorat banklari kredit portfelini boshqarish va optimal kredit portfelini shakllantirishda subportfellar turlari, ko‘p bosqichli monitoringi, ularning munosabatlari va vakolatlari doirasida olib borish taklifi “Mikrokreditbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” ATBning 2019 yil 6 martdagi TA 01-11/1735-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi “Mikrokreditbank” ATB kredit portfelida muammoli kreditlar salmog‘i 4 foizga kamayishi hamda kredit portfeli diversifikatsiyasi oshishini ta’minlagan;

tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun beriladigan mikrokreditlarni muddati bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017 yil 8 apreldagi “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 7/4-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil 1 iyundagi 32-10/2021-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida tijorat banklari tomonidan berilgan mikrokreditlarni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlashga xizmat qilgan;

tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar samaradorligini hamda kredit portfeli sifatini oshirishda, berilgan kreditlarni bir necha bosqichlarga bo‘lgan holda qaytarish taklifi “Agrobank” ATBning 2018 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatida o‘z aksini topgan (“Agrobank” ATBning 2019 yil 18 yanvardagi 24-02-06/43-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklif natijasida bank kredit portfeli 135 foizga ko‘paygan, muammoli kreditlar salmog‘i 6,4 foizga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish