Ibragimova Naylya Muradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholi iste’molini makroiqtisodiy prognozlashtirishning uslubiy yondashuvini takomillashtirish», 08.00.02–Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt6.
Ilmiy rahbar: Karimova Dildora Mirsabitovna, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xashimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholi iste’molini makroiqtisodiy prognozlashtirishning uslubiy yondashuvini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi iste’moli sohasida nazariy-uslubiy apparatning tizimli integratsiyasi asosida yashash sikli va doimiy daromad gipotezalari doirasida aholi daromadlari o‘sishining yalpi iste’mol dinamikasiga ta’sirini baholash uslubi ishlab chiqilgan;
aholi kvintil` daromad guruhining iste’mol qilishi bo‘yicha statistik ma’lumotlarning kiritilishi va MHT statistikasining makro darajadagi nomutanosiblik metodologik muammolarini hal qilish asosida ijtimoiy hisob-kitob (SAM) matrisasi qurilgan;
turli darajadagi farovonlik sharoitida uy xo‘jaliklari daromadlari va iste’moli, iste’molchi harakati, makroiqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar (YaIM, tarmoqlarda yalpi ishlab chiqarish, aholi daromadlari, iste’mol narxlar va h.k.) dinamikasi o‘rtasidagi munosabatlar asoslangan;
barqaror rivojlanishning uzoq muddatli maqsadlariga erishishni ta’minlovchi aholi jon boshiga o‘rtacha iste’mol qilish hajmining prognoz parametrlari va uning tarkibida 2030 yilgacha asosiy tovar guruhlaridagi o‘zgarishlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholi iste’molini makroiqtisodiy prognozlashtirishning uslubiy yondashuvini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natajalar asosida:
iqtisodiyotda tovar va xizmatlarni iste’mol qilish sohasi tarmoqlararo aloqalarini hisobga olgan holda SAM modeli asosida ishlab chiqilgan uslub Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi «2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 841-sonli qarorining ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-kommunal sohasi xizmatlaridan foydalanish, kam ta’minlangan aholi daromadlarining ijtimoiy kafolati borasida ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlari va maqsadli parametrlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi MB-6-2/120-son ma’lumotnomasi), xizmatlar sohasini rivojlantirishning o‘rta muddatli prognozlarini tayyorlashda va 2016–2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish Dasturini amalga oshirishni monitoring qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2017 yil 10 iyuldagi ISh-6-5/33-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvlar ilmiy natijalarining qo‘llanilishi aholi iste’moli dinamikasi va tuzilmasini, iqtisodiyot real sektor tarmoqlari va ijtimoiy ko‘rsatkichlar mutanosibligini aniqlash asosida uzoq muddatli barqaror rivojlanishning asosiy tamoyilini ta’minlash imkonini bergan;
yalpi iste’mol talabining alohida omillari ta’sirini, eng avvalo, aholi daromadlarini aniqlovchi ko‘p omilli ekonometrik modellarning miqdoriy bog‘liqliklarini baholash uchun taklif etilgan uslubiy yondashuvlar, aholi daromadlari va iste’moli ko‘rsatkichlari bo‘yicha aholi turmush prognoz dinamikasini ishlab chiqishda va 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning maqsadli ustuvor yo‘nalishlarini asoslab berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi MB-6-2/120-son ma’lumotnomasi). Olib borilgan hisob-kitob natijalari ijtimoiy soha tarmoqlari rivojlanishini samarali tashkil etish va real shakllantirilgan talabni hisobga olgan holda iqtisodiyotda sifatli tarkibiy o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlagan;
aholining kam ta’minlangan qismi daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 iyundagi PP-3782-son «Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2018 yil 8 noyabrdagi 18/1-873-son ma’lumotnomasi), O‘zbekiston Respublikasida Ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini aniqlash tartibi va mezonlari haqidagi Nizom qonun loyihasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi MB-6-2/120-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar qonun ishlab chiqish jarayonlarining ilmiy asoslanganligini hamda aholining kam ta’minlangan qismini qisqartirish, ijtimoiy zaif qatlamini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy kafolatini ta’minlashni kuchaytirish bo‘yicha takliflar sifatini oshirishga xizmat qilgan;
ko‘p omilli ekonometrik modellarining prognoz parametrlaridan aholi iste’moli sohasi bilan bog‘liq tizimli muammolarni va aholining turmush darajasi parametrlariga omillarning ta’sir darajasini aniqlashda hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019–2021 yillargacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Konsepsiyasidagi ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini asoslab berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi MB-6-120-son ma’lumotnomasi). Hisob natijalari iste’mol sohasi prognoz dinamikasining aholi daromadlari o‘sishi prognozlari bilan muvofiqlik darajasining o‘rta muddatli barqaror oshishini ta’minlagan;
eng kam ish haqi miqdorini minimal iste’mol savatining narxi va tarkibini hisobga olgan holda turmush kechirish minimumi darajasigacha oshirishning bosqichlari bo‘yicha taklif etilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turmush kechirish minimumining minimal iste’mol savatini hisoblash to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi MB-6-2/120-son ma’lumotnomasi). Daromad darajasining minimal iste’mol savati va turmush kechirish minimumiga muvofiqligi kabi asosiy ijtimoiy standartni ishlab chiqishda ilmiy natijalar ko‘rsatkichlaridan foydalanish, daromadlarning maqsadli darajasi va aholining real pul daromadlari hamda sotib olish qobiliyatini oshirish, aholi ijtimoiy tabaqalanishini kamaytirish, ijtimoiy farovonligini nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish uchun shart-sharoitlarni belgilangan.