Xamrakulova Muborak Xakimovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soya va paxta moylarini rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T889.

Ilmiy rahbar: [Kadirov Yuldashxon], texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismail Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: soya va paxta moylarini rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi navli rafinatsiyalangan soya moyi olish uchun ishqor eritmasining optimal konsentratsiyasi va ortiqcha ishqor miqdori aniqlangan;

paxta moyini 60–80°S yuqori haroratli neytrallashda koagulyasiyalash jarayonining davomiyligi 15–30 minutgacha ortib borishi bilan rafinatsiyalangan moyning chiqishini 1,1% ko‘payishi va rangini 9,5 qizil birlikgacha pasayishi isbotlangan;

neytrallangan soya moyini oqlash uchun mahalliy «O‘zbekiston» markali tuproqlardan sul`fat kislota yordamida oqlovchi adsorbent olish maqbul texnologiyasi ishlab chiqilgan;

soya va paxta moylari asosida «O‘zbekiston» va «O‘zbekiston yog‘i» nomli o‘simlik moyi olish tarkibi asosida o‘simlik moyi olish texnologik jarayoni takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Soya va paxta moylarini rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

paxta moyini yuqori haroratli neytrallash texnologiyasi «Farg‘ona yog‘-moy» AJda  amaliyotga joriy etilgan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2019 yil 7 yanvardagi GP/3-30-son ma’lumotnomasi). Natijada rafinatsiyalangan moyni chiqishini ko‘paytirish va rangini yaxshilash imkonini bergan;

soya moyini rafinatsiyalash texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2019 yil 7 yanvardagi GP/3-30-son ma’lumotnomasi). Natijada rangi va kislota soni bo‘yicha birinchi navli rafinatsiyalangan moy olish, soya moyini oqlovchi tuproq yordamida tavsiya etilgan usul bilan oqlanganda moyni yuvish va quritish bosqichlarini qisqartirish imkonini bergan;

«O‘zbekiston» va «O‘zbekiston yog‘i» uchun yaratilgan tarkib va texnologiyasi «Koson yog‘-ekstraksiya» AJda moylar olish uchun amaliyotga joriy etilgan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2019 yil 7 yanvardagi GP/3-30-son ma’lumotnomasi). Natijada ishqor eritmasi bilan neytrallashdan oldin fosfolipidlarni ajratib olish, ishqor sarfini kamaytirish hamda rafinatsiyalangan moy sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish