Reymov Karjaubay Dauletbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kal`sinatsiyalangan soda ishlab chiqarish chiqindisi distillyasiya suyuqligi asosida Orol dengizining qurigan tubi sho‘r tuproqlarini mahkamlovchi vosita olish texnologiyasini yaratish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T864.
Ilmiy rahbarlar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Zakirov Baxtiyor Sobirjanovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:kal`sinatsiyalangan soda ishlab chiqarish chiqindisi distiller suyuqligi asosida Orol dengizining qurigan tubi sho‘r tuproqlarini mahkamlovchi vosita olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dengiz suvida tuzlar eritmalarining fizik-kimyoviy xossalari va bug‘lanishi bilan iqlim omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda yil davomida Katta Orol dengizi g‘arbiy chuqur suvli qismi haroratiga bog‘liq holda tarkibning o‘zgarish TS-egri chiziqlari va sikloxronogrammalari ishlab chiqilgan;
tuproq qoldig‘ida suvda eruvchan va erimaydigan tuzlarni kimyoviy va fizik-kimyoviy tadqiqot uslublarda aniqlanib, namunalar tarkibida quyidagi suvda eruvchan mirabilit, tenardit, galit, blyodit, kon`yait, leveit, vantgoffit, pentagidrat, starkeit, sanderit va kizerit minerallari mavjudligi aniqlangan;
Orol dengizi qurigan tubidagi va havodagi tuzli chang bo‘ronlari tarkibida va Na+ ionlarining miqdori yuqoriligi va Na2SO4, NaCl, CaSO4∙2H2O mineralogik tarkibga egaligi isbotlangan;
uch komponentli NaCl-CaCl2-H2O tizimida distiller suyuqligini bug‘latish yo‘li bilan qayta ishlash jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan hamda hosil bo‘lgan kal`siy xloridi eritmasi, suyuq shisha va NaKMS asosida sho‘r tuproqlarni mahkamlovchi vositalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tarkibida 40% kal`siy xloridi, NaKMS va suyuq holatdagi shisha saqlagan, 1:(0,0014-0,065):(0,008:0,10) nisbatlarda bo‘lgan maqbul tarkibli changlarni mahkamlovchi vosita ekanligi isbotlangan;
distiller suyuqligini kompleks qayta ishlab mahkamlovchi vosita, natriy xloridi va kondensat olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kal`sinatsiyalangan soda ishlab chiqarish sanoatining chiqindisi distiller suyuqligidan mahkamlovchi vosita olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kal`sinatsiyalangan soda ishlab chiqarish sanoatining chiqindisi distiller suyuqligini qayta ishlab, sho‘r tuproqlarni mahkamlovchi vosita, natriy xloridi va kondensat olish texnologiyasi «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 15 apreldagi 03-2134/K-son ma’lumotnomasi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ko‘mitasining 2018 yil 29 dekabrdagi tx-01/02-3-5249-son ma’lumotnomasi). Natijada yirik miqdorda yig‘ilgan chiqindi distiller suyuqligini kamaytirish imkonini bergan;
chiqindi - distiller suyuqligi asosida sho‘r tuproqlarni mahkamlovchi vositasi Orol dengizining qurigan tubini mustahkamlashda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 15 apreldagi 03-2134/K-son ma’lumotnomasi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ko‘mitasining 2018 yil 29 dekabrdagi tx-01/02-3-5249-son ma’lumotnomasi). Natijada sho‘r tuproqlar mahkamlanib, qatqaloq hosil bo‘lish va uning mustahkamligini 1,64–2,4 MPa gacha oshirish hamda havoga tuzlar ko‘tarilishini kamaytirish imkonini bergan.